Mutaxassislikka kirisli fanining maqsadi vazifasi va ahamiyat bilan tanishish
Download 22.31 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy
Mutaxassislikka kirisli fanining maqsadi vazifasi va ahamiyat bilan tanishish. Zamonaviy texnologik ta’lim nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini texnologik ta’lim o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq bu yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Texnologik ta’lim yo’nalishida mutahassislik fanlari o’qitilishining o’rni va ahamiyati juda beqiyosdir. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi. Texnologik ta’lim o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan . O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning joriy etilishi yangi o’quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbik etishni takozo qildi. Shu nuqtai nazardan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoni, mazmunini isloh qilish asosan, me’yoriy xujjatlar majmuasi asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi hamda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab to umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida o’z aksini topgan. biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi Faqat texnologik ta’lim o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda texnologik ta’lim o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, uslubiy, ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliyboshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan. Texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Ta’lim muassasalarida texnologik ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarda texnologik operatsiyalarni bajarish ko’nikma va malakalarini shakllantiradigan, ularni kelajakda ishlab chiqarish sohalarida mehnat qilishga tayyorlaydigan, shuningdek, texnik dunyoqarashni shakllantiradigan, shaxsning har tomonlama uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan samarali, natijaviy ta’lim berishga qaratilgan. Shuningdek, texnologik ta’limning mazmuni o’quvchilarga ishlab chiqarish sohalari to’g’risida bilimlar tizimini berishdan va shu bilan birga, amaliy mashg’ulotlarda, mehnat faoliyatida eng ko’p uchraydigan asbob uskunalar, texnik vositalardan foydalanishni o’rgatish ko’nikma va malakasini shakllantirish orqali o’quvchilarni kasb tanlashga ham tayyorlashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim mazmunining samaradorligi yuqori darajada bo’lishi, kasb tanlashdagi muammolar yechimi shunchalik kamayadi. Chunki, texnologik ta’lim o’quvchilarni kasbga tayyorlashning asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Texnologik talim jarayonlarida o’quvchilarni kasbga yo’llash ishlari bilim berish, ko’nikma va malakalar asoslarini shakllantirishda, ilmiy texnik to’garaklarda, ijodiy ishlarga jalb qilish orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. O’quvchilarni Download 22.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling