Mutaxassislikka kirisli fanining maqsadi vazifasi va ahamiyat bilan tanishish
Download 22.31 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-amaliy
kasb tanlashga yo’llashda texnologik ta’limning mazmuni quyidagilardan iborat
bo’ladi: ❖ Texnologiya fanining ilmiy asoslarini bilish va ularni amalda qo’llash, shuningdek ma’lumotni amaliyotga baholash usullarini o’zlashtirish, bilimlardan foydalanishni izlash, samarali mehnatni takomillashtirish jarayonida bilimlardan foydalanish, ishlab chiqarish hodisalarini tahlil qilishda fanlararo bilimlarga tayanishni, kompyuter savodxonligini oshirish; ❖ O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda texnologiya darslarining mazmuni o’quvchilarning iste’dod va qobiliyatlari, ayniqsa texnik, dizayn va tadqiqot ishlarini ochish omili sifatida qaralishi kerak; ❖ Texnologik ta’lim didaktik (o’qitish) va tarbiyaviy (shakllantiruvchi) funktsiyalarini bajaradi. Didaktik funktsiya asosiy vazifalardan hisoblanib, ya’ni o’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida fan yutuqlaridan maksimal darajada foydalanishga tayyorlaydi. Bunga: 1) zamonaviy ishlab chiqarish asoslari bo’yicha texnik dunyo qarashni shakllantirish; 2) ilmiy texnika taraqqiyoti bilan fandunyosi fsoslariga yo’llash; 3) o’quvchilarniumuminsoniyamaliyotida zarur bo’ladigan ilmiy bilim asoslari bilan qurollantirish; 4) tarmoqlararomunosabatlarni qo’llash uchun muhim bo’lgan zamonaviy ishlab chiqarishning umumiy iqtisodiy tamoyillarini o’rgatish; 5) yoshlarning professional harakatchanligi uchun zarur bo’lgan bozor iqtisodiyotigayo’naltirish; 6) keyinchalik ishning ijodiy xususiyatini va kasb tanlashni belgilaydigan o’quvchining kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish; 7) o’quvchilarnimurakkab avtomatik jarayonlarni boshqarish uchun psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash. Texnologik ta’lim mazmuni barcha shakllarining umumiy maqsadi o’quvchilar nihayotga tayyorlash, ishlab chiqarish, fan va madaniyatning rivojlanish darajasi bilan bog’lashga qaratilgan. Biroq, bu masalada texnologik ta’lim mazmunini ishlab chiqarishning rivojlanish istiqbollarini ham hisobga olishi kerak. Texnologik ta’lim kasbni to’g’ri tanlashni ta’minlashda, amalga oshirilayotgan ilmiy-texnik o’zgarishlarda va texnologik jarayonlarga doimiy tadbiq etilayotgan yangiliklarda tezkor harakat qilish qobiliyatini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Texnologik ta’limda mutahassislik fanlari ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda maqsadli ustaxonalarni tashkil etish, ta’lim muassasalarida mavjud ishlab chiqarish o’quv-moddiy bazasidan foydalanish ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat jarayonlarining nazariy asoslarini o’rganishni kuchaytirish, amaliy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish orqali kasbga tanlash ishlarini yaxshilash mumkin. Hozirgi vaqtda texnologik ta’lim va mehnat ta’lim muammolarini hal qilishning eng samarali usullarini topishdan iborat. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini o‘z kasbining bilimdoni qilib tayyorlashda oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar ilmiy tadqiqot ishlari metodologiyasini yaxshi yo‘lga qo‘yish katta rol o‘ynaydi. Bunday ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashning asosi ikki jihatga ega. Birinchi jihati - o‘quv materialidagi malakaviy tavsifga ega bo‘lgan nazariy va amaliy muammoli masalalarni aniqlashni, keyin tabiiy (fizika, ximiya, biologiya va boshqa), umumtexnika hamda texnologik ta’limqonuniyatlarining texnika va texnologiyalariga tatbig‘ini o‘qituvchi tomonidan yoritilishi va talabalar tomonidan o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Ikkinchi jihati - umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning ishlab chiqarish masalalarini hal qilishga oid bilimlardan unumli foydalanadigan tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Jumladan, texnologik ta’lim bo‘yicha bakalavriyat yo‘nalishidagi o‘quv dasturini tahlil qilish uning hozirgi zamon ishlab chiqarishi bilan texnik-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi tadqiqotchilik ishlari bo‘yicha aloqa bog‘lash uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Ammo bu aloqalarni amalga oshirish esa uni ilmiy asosda, didaktik jihatdan puxta o‘ylab yondoshishni taqozo etadi. Talabalar tabiiy, umumtexnika va texnologik ta’limlarni, uning amaliy masalalarini tadqiqotchilik orqali o‘zlashtirish asosidagina kasbiga oid bilimlarni kelajakdagi pedagogik faoliyati bilan chuqur bog‘lay olishi mumkin. Chunki texnologik jarayonlar va texnikalar ishlash tamoyillari asosida ana shu fanlarning qonuniyatlari yotadi. Shu boisdan o‘quv jarayonida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini hosil qila borish, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga texnologik jarayonlarning va texnika ishi tamoyillarini ilmiy asosda tushunib olishda muhim vosita hisoblanadi. Bu esa politexnik bilimlarning predmetlararo xarakterini ifodalaydi. Shu holdagina ilmiy tadqiqot ishlari o‘zining haqiqiy vazifasini bajaradi, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga ishlab chiqarishning umumiy ilmiy asoslarini o‘zlashtirishlarida yordam beradi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda tadqiqotchilik ko‘nikmalarining o‘rni muhim. Bularga nazariy o‘rganish, kuzatish, muammoni qo‘ya bilish, faraz qilish, farazdan kelib chiqib reja tuzish, tajriba o‘tkazish, tajriba natijalarini olish, farazga nisbatan tajriba natijasini taqqoslash, nazariy tahlil qilish va umumlashtirish, amalda qo‘llab ko‘rish kabilar bilan bog‘liq ko‘nikmalar kiradi. Aytilganlarning ba’zilari fan asoslarini o‘rganishda, ba’zilari amaliyot jarayonida, yana boshqalari izlanish ishlari orqali shakllanadi. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining faoliyatida, muammoni qo‘yish uchun tadqiqot vazifasi birinchi o‘ringa o‘tishi maqsadga muvofiq, chunki unda bajariladigan ishning maqsadi va unga bo‘lgan ehtiyoj o‘z aksini topadi. Texnik ijodkorlikda tadqiqot vazifasi talabalarni izlanish faoliyatiga jalb qilishning asosi hisoblangani uchun u tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning va ijodkorlik faoliyatini jadallashtirishning zaruriy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlar ijodkorlik masalalarini yechishda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishning mohiyati va strukturasi to‘laroq tavsiflashni taqoza etadi. Tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish deganda talabalarning ilmiy-texnikaviy ijodkorlik masalalarini yechishda tadqiqot vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ilmiy metodlardan oqilona foydalanishga o‘rgatish tushuniladi. Download 22.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling