Mutolaa madaniyati va ifodali o`qish fanidan amaliy mashg`ulot Mavzu: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridan mutolaa qilish

Download 261.56 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi261.56 Kb.
#113480
Bog'liq
Мутолаа маданиятидан амалий машгулот

Mutolaa madaniyati va ifodali o`qish fanidan amaliy mashg`ulot

Mavzu: Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlaridan mutolaa qilish

Badiiy asarlardagi matnni o`rganish avvalombor uni to`g`ri o`qish bilan boshlanadi. Badiiy asarlarni to`g`ri o`qish darslarning asosini tashkil qiladi. O`quvchilar badiiy asarlarning yoki ulardan olingan parchalarni to`g`ri ifodali o`qisalar, ularning ko`z oldilaridan alohida yangi manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo`ladi.

Buning uchun ifodali o`qish darslarini to`g`ri tashkil qilish o`qituvchi zimmasiga tushadi. Shuning uchun ham o`qituvchidan adabiy asarning badiiy xususiyatini aks ettirib emotsional zavq beradigan qilib o`qish talab qilinadi.

Agar o`qituvchi matnni yuqorida qo`yilgan talab asosida o`qiy olsa, unda asarning badiiy ta’sir kuchini, yozuvchining maqsad va ruhiy holatini, tasvirlanayotgan hayot manzarasini tinglovchining ko`zida to`g`ri gavdalantira oladi.

Tinglovchiga asarning g`oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o`qish oldiga qo`yiladigan asosiy vazifadir.

Tinglovchiga asarning g`oyaviy mazmunini, muallifning hayot haqidagi fikr-mulohazalarini, qahramonlarning ichki hissiyotlarini yetkazish ifodali o`qish oldiga qo`yiladigan asosiy vazifadir.

Dostonlarni mutolaa qilishda ifodali o`qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki dostonlarni ifodali o`qish oddiy ertak va nasriy hikoyalar va romanlardan ancha farq qiladi. To`g`ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o`qilavermaydi. Ertaklarni bola tilida, roman va qissalarni voqea, qahramonlarning holatidan kelib chiqib mutolaa qilish zarur bo`ladi. Dostonlarni mutolaa qilishda nimalarga ahamiyat qaratishimiz zarur? degan savol tug`iladi.

  • Dostonlarni mutolaa qilishda ifodali o`qish ham katta mahorat talab qiladi. Chunki dostonlarni ifodali o`qish oddiy ertak va nasriy hikoyalar va romanlardan ancha farq qiladi. To`g`ri, badiiy asarlarning hammasi ham bir xilda o`qilavermaydi. Ertaklarni bola tilida, roman va qissalarni voqea, qahramonlarning holatidan kelib chiqib mutolaa qilish zarur bo`ladi. Dostonlarni mutolaa qilishda nimalarga ahamiyat qaratishimiz zarur? degan savol tug`iladi.

Alisher Navoiy “Xamsa” ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Dostonlarni mutolaa qilishda ham tinish belgilarga, voqea-hodisa holatiga, tasvir jarayoniga alohida diqqat qilish zarur.

Jumladan, biz hozir “Farhod va Shirin” dostonini mutolaa qilishga harakat qilib ko`ramiz.

Qalam shunday bir chopqir otki, uning joyi azaldan falakning ustidadir. Lekin bu uchqur qora ot podshoh Xusravning Shabdiz ismli to`riq oti darajasida har qanday odamni qo`rquvga sola oladigan bo`lsa-da, uning ustiga insonning barmog`i chavandoz bo`lib minib olgan. Barmoqdagi bo`g`inlar go`yo uning belbog`i, tirnoqlar esa uning yuzidir. U chopar ekan, o`z quyrug`ini bayroq qiladi. Uning boshidan oyog`i xuddi qulog`idek tilingan.

Yo`q, uni Shabdiz deb atama. U bamisoli bir xushovoz qush. Qanotsiz bo`la turib, har tomonga parvoz qila oladi. Uning tumshig`idan doim qahrabo tomib turadi. Lekin bu qahrabodan insonlarga gavharlar sochiladi.

Qo`y, uni qush ham dema. Undagi jism qushda yo`q. San’atlar hakimi uni hech bir tengi yo`q tilsim qilib yatatgan. Umrida xastalik ko`rmagan bo`lsa ham, unda zaiflik g`olib bo`lib, orasidagi bo`shliqda yuzlab ma’nolar xazinasi yashiringan.

Uning bu xazinalaridan hech kim Ganjada yashagan xazina sochuvchi Nizomiy Ganjaviy kabi foydalanib, orzulariga yetgan emas. Garchi oromgohi Ganjada bo`lsa ham doim o`sha ganjdan murodim hosil qildi. U o`z ko`nglini ma’nolar xazinasiga aylantirgan, og`zining eshiklari esa ovozdan xolidir. Chunki u o`zining ko`ngil xazinasiga eshiklarni ikki labidan ochgan bo`lib, u xazinaga har kim ham yo`l topa olmaydi.

Ammo, uning hikmat yasovchi me’mori uni xazinadorgina emas, azaldan tosh otuvchi qilib ham yaratdi. Kimki uning xazinasiga o`g`irlik qilish niyatida yaqinlashar ekan, shuning uchun ham uning boshiga falak toshotaridan toshlar yog`iladi. Bu har tomonga oshkora yog`ilgan toshlardan do`stlar gavhar topsa, dushmanlar chaqirtoshga duch keladilar. Uning o`zi chaqirtoshlarni otayinu xazina og`zini ochmay qo`ya qolayin, deydi.

Lekin uni ochib qolganda, undan ne-ne gavharlar sochilmagan! Bu gavharlar butun jahonni xuddi osmonni yulduz bosganday bosgan. Ular tuproqqa qo`shilib ketadigan, oyoq ostida qolsa sinadigan gavharlar bo`lmay, shunday gavharlarki, jilva qilganda ulardan odamlarning qulog`I ziynat topadi.

Bu gavharlar quloqqa taqiladigan oddiy ziynatlar ham emas, quloqdan olaman desa, qaytib oladigan ziynatlar ham emas. Quloqqa kirib joylashib olgan bu durlar qalbga ham kirib, uni xazinaga aylantiradi. Ular qalbnigina labolab to`ldirib qo`ya qolmay, daryoga solsa, daryoni ham labolab qilib to`ldirishga qodir.

Bu durlardan odamlar tinmasdan olib tursa ham, yuz yilda mingdan biri kam bo`lmaydi. Hech kim shakar sochuvchi hinduzoda – Xusrav Dehlaviydek gavhar ulashuvchi bo`la olmagan.

U hindu emas, balki shirin so`z to`ti; to`ti ham emas, yo`q, uni bulbuli sho`rida hol deb ata. Yozganlari to`tinikidek butun olamni tutgan, fig`oni bulbulnikidek osmonga yetgan.

Egniga nazm yashil ipakdan to`qilgan to`n yopgan bo`lib, uni bu holda to`ti emas, Xizr payg`ambar desa to`g`ri bo`ladi. Uning zulmati ham, axir, Hindiston, ravon so`zlari ham, axir, hayot bulog`ining o`zginasi-ku!

Agar uni bulbul desang, Hindiston-tun. Bu tunni esa qora zulmat deb emas, anbar hidlarini sochib turadigan muanbar tun deb atash joizdir. U shunday bir tunda uxlamaydigan, qorong`i kechaga suron soluvchi bulbuldir.

Uni bulbul deb emas, aslda bechora Qaqnus deb atash o`rinliroqdir. Uning kuyidan esa Qaqnusning o`zi ham oromini yo`qotib iztirob chekadi. Agar Qaqnus jon o`rtaydigan nola cheksa, unga barchasi dil teshuvchi ming nola o`qi bo`lib qadaladi.

Ularni o`q ham dema, balki ularning har birini bir oh yashini deb bilki, bir chaqnaganining o`zida ko`kdan yergacha hamma yoqni kuydirib yuboradi.

Bu o`tlar shoirning joniga, yo`q, uning jonigagina emas, butun yer yuziga har nafasda yuz bor o`t soladi. Uning nafaslaridan ma’no dengizlarida to`lqinlar yuzaga kelib, to`qqiz osmon shu to`lqinlar ostida hatto ko`milib ketadi.

Bu shoir o`z she’rlaridan so`z ipiga durlar tizar ekan, falak dengizi shu durlar bilan faxrlanadi. Yaratgan nazmining qoralamasi unga ko`klam bulutini eslatadi; bu bulut xalq boshiga durru gavharlar sochadi. U bulutning o`zi ham boshdan-oyoq gavharlar orasida bo`lib, bahor buluti singari qoradir.

Mazkur dostondagi parchalarni mutolaa qilishda ifodali o`qish, mazmunini sharhlab tushunib o`qish maqsadga muvofiqdir. Zero, har qanday asarni ham mutolaa madaniyatiga xos ifodali o`qish har bir adabiyot o`qituvchisining vazifasi sanaladi.

Uyga vazifa

Alisher Navoiyning xohlagan bir dostonlaridan namunalar ifodali o`qish va sharhlash

E’tiboringiz uchun tashakkur
Download 261.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling