Muvaffaqiyat nimadan boshlanadi? Mag`lubiyat-chi? Bari fikrdan, niyatdan. Fikrlarimiz amallarimizni, amallarimiz esa xarakterimizni shakllantiradi. Shu taqlid biz o`zimizni


Download 23.07 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi23.07 Kb.
#1388112
  1   2   3   4
Bog'liq
Muvaffaqiyat nimadan boshlanadi


Muvaffaqiyat nimadan boshlanadi? Mag`lubiyat-chi? Bari fikrdan, niyatdan. Fikrlarimiz amallarimizni, amallarimiz esa xarakterimizni shakllantiradi. Shu taqlid biz o`zimizni, hayotimizni quramiz. Shuning uchun ota-bobolarimiz «Yaxshi niyat — yarim davlat» deyishgan. Insonning fikrlash tarzi, nimaga intilishin, nimani muhim deb bilishi, kelajakka doir qanday rejalar qurishiga uning kelajagi, qismati ko`p jihatdan bog`liq. Shu sababli fikrlarimizga, niyatlarimizga, orzularimizga ehtiyot bo`laylik.
Ma`nan etuk, hayotdan nima istashini biladigan odamlar esa quyidagi fikrlarni umuman xayoliga ham keltirishmaydi.
1. Ular o`zlariga achinish uchun qimmatli vaqtlarini sarflashmaydi.
Ma`nan etuk insonlar vaziyat shunday bo`lib qoldi yoki falonchi menga nisbatan bunday ish qildi, deb nolib o`tirmaydilar. O`z hayotlari uchun mas`uliyatni zimmalariga oladilar va umr faqat bayramdan iborat emasligini, uning o`ziga yarasha o`nqir-cho`nqirliklari borligini tan oladilar. Kutilmaganda muvaffaqiyatsizlikka duch kelsalar, o`ylagan ishlari amalga oshmasa, buni to`g`ri qabul qilib, «Іayotda bo`lib turadi» degan xulosaga kelib, yo`llarida davom etadilar.
2. Hech qachon o`zlarini yo`qotmaydilar.
Boshqalar ularning ustidan hukmronlik qilishiga, ularni boshqarishiga yo`l qo`ymaydilar. Іammasini o`zlari boshdan kechirib, o`zlari qiynalsalar-da, echimni ham o`zlari topadilar. Tuyg`ulari ularning yuragida kechadi, ammo hech qachon boshlariga chiqib olmaydi. Ya`ni hislari ularni emas, ular hislarini boshqaradilar. Hissiyotlarini boshqara olgan odam hayotini ham, kerak bo`lsa, dunyoni ham boshqara olishi mumkin. Chunki ularning kuchi o`zini enga olishga etgan.
3. O`zgarishlardan qochishmaydi.
Kuchli insonlar o`zgarishlardan qo`rqmaydilar. Aksincha, doim ularga tayyorlar, yangiliklarni munosib qabul qilishni biladilar. Ularning eng katta qo`rquvi bir joyda to`xtab qolish va hayotga bo`lgan muhabbatni yo`qotib qo`yishdir. O`zgarishlar davrida bunday insonlar xarakterining eng yaxshi qirralari namoyon bo`ladi.

Download 23.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling