Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino
Download 392.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Dunyoning eng buyuk savdogarlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRINCHI QISM
2 3 BIRINCHI QISM Xafid bronzadan ishlangan oynaning oldida to'xtab o'z aksini tomosha qildi-yu, asta shivirladi. "Faqat ko'zlargina o'z yoshligini saqlab qolibdi",- keyin orqasiga aylandi-yu, zalning burchagiga oxista yurib ketti. Kumush va va oltin suvi yugurtirilib bezatilgan shiftlarni ushlab turgan, qora daraxtdan qilingan ustunlarning yonidan, esa fil suyagidan va qimmatbaho daraxtlardan ishlangan naqshinkor stollar yonidan oyoqlarini sudrab o'tib bordi. Yumshoq o'rindiqlarda va devorlardan toshbaqa suyagidan ishlanib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zebu- ziynatlar tovlanib, ko'zni qamashtirar edi. Marmar favvora atrofini bronza idishdagi ulkan palmalar o'rab olgan, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan guldonlar, ichidagi gullar bilan go'zallikda musobaqalashayotgandek edi. Bu saroyga qadam ranjida qilgan har bir odam ushbu hashamatli maskanning haqiqiy egasi badavlat odam ekanligiga shubha qilmasdi. Chol yopiq bog'dan o'tib, anchagina katta bo'lgan omborxonasiga kirdi. Kiraverishda uni bosh xazinaboni Erasmus kutib turardi. -Assalomu alaykum, xo'jayin. Xafid bosh irg'adi-yu, o'z yo'lida davom etdi. Har xil noxush hayollar iskanjasida bo'lgan Erasmus uning ketidan borardi. Uni xo'jayinning bu yerda uchrashuv tayinlagani sarosimaga solib qo'ygan edi. Yangi keltirilgan mollar solingan aravalarning yonida Xafid bir zum to'xtab o'tdi. Xizmatchilar mollarni aravadan tushurib, sanab keyin 4 omborxonalarga joylashtirayotgan edilar. Bu yerda nafis matolar jun; pergament; asal; O'rta Osiyoning yog'i va gilamlari, shu yerda ishlab chiqarilgan shisha va malham, anjir va yong'oq; Palmiradan keltirilgan mato va dorilar; Arabistondan keltirilgan ziravor va qimmatbaho toshlar; don, qog'oz va Misrdan keltirilgan qurilish anjomlari; Vavilondan keltirilgan kashtalar; Rimdan keltirilgan san'at haykallari bor edi. Havoni malhamning xidi tutgan edi, lekin qari Xafidning sezgir burni bu havodan shirin mayizning, olmaning, pishloq va anjirning yoqimli hidini ilg'ab olgan edi. Nihoyat u Erasmusga o'girildi. -Qariya, hozir g'aznada qancha pul bor? Erasmusning quti o'chdi. -Hammasi bo'libmi xo'jayin? -XA, hammasi bo'lib. -Uzil-kesil hisoblab ko'rganim yo'g'-u, lekin taxminimcha yetti million oltin talantga yetsa kerak, -Omborxonadagi va do'konlardagi hamma mahsulotlarni oltinga aylantirganda qancha bo'ladi? -Bu yilgi hisob-kitob tugagani yo'q lekin chamamda yana uch million talant bo'lar. Xafid boshini silkib qo'ydi. 5 -Boshqa mol sotib olma. Aksincha, menga tegishli bo'lgan hamma mol-u davlatni sotishga tayyorla, men hamma narsamni oltinga aylantirmoqchiman. Xazinabon angrayib qolganidan bir og'iz ham so'z aytolmas edi. Nihoyat u o'ziga kelib gap boshladi: -Men sizni tushuna olmayapman, xo'jayin. Axir bu yil biz uchun eng omadli yil bo'lgan edi-ku. Har bir do'konchi o'tgan yilgidan ancha ko'p foyda qilgani haqida xisobot berdi. Rim legionerlari ham bizning xaridorlarimizga aylandilar. Ular bizdan ikki hafta ichida ikki yuzta arab arg'umog'ini sotib olishdi. Meni kechiring xo'jayin lekin sizning bu buyrug'ingizni tushuna olmayapman... Xafid jilmayib, asta Erasmusning qo'lini siladi. -Mening aziz do'stim, mening senga bergan eng birinchi buyrug'imni eslay olasanmi? Erasmusning tundlashgan yuzi asta-sekin yorisha boshladi. Download 392.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling