72
Men harakatni boshlayman.
Ko'ngil ko'chasiga kirib qolishim mumkin bo'lganda, men yana
shu so'zlarni takrorlayman va o'zimni yovuzliklardan asrayman.
Men harakatni boshlayman.
Ishlarimni ertagacha qoldirish istagi paydo bo'lganda, men
yana shu so'zlarni eslayman va savdo qilish uchun
harakatni
boshlayman.
Men harakatni boshlayman.
Bozorda narxim qanchaligini faqat harakatlarim aniqlaydi.
Narximni yanada oshirish uchun harakatlarimni undanda
ko'paytiraman. Omadsiz borishga qo'rqadigan joylarga men
boraman.
Omadsiz dam olishni mo'ljallayotgan paytda men ishlayman.
Omadsiz sukut saqlagan paytda men gapiraman. Omadsiz bir
xaridorni chaqiraymi deb o'ylab turgan paytda men o'nta
xaridorni chaqiraman. Omadsiz "
kech bo'ldi" degan so'zlarni
aytganda men "
qildim" degan so'zni aytaman.
Men harakatni boshlayman.
Hozir- bu menda bo'lgan hamma narsa. Dangasa
ertaga
ishlashni xohlaydi. Men esa dangasa emasman. Zolim ertaga
mehribon bo'lmoqchi, men esa zolim emasman. Qo'rqoq ertaga
botir bo'lishni xohlaydi. Men esa qo'rqoq emasman. Omadsiz
ertaga omadli bo'lishni xohlaydi, men esa omadsiz emasman.
73
Men harakatni boshlayman.
Arslon och qolsa- u ovqat yeydi. Burgut chanqasa suv ichadi.
Agar ular harakat qilmasa halok bo'ladi. Men
muvaffaqiyatli
bo'lishni juda xohlayman. Men baxtdan to'ymadim va xotirjam
emasman. Agar men
harakat qilmasam, omadsizliklar uyqusiz
tunlar va azob-uqubatlar meni o'z domiga tortadi va men izsiz
yo'qolaman. Men buyruq beraman va bu buyruqlarga o'zim
bo'ysunaman.
Do'stlaringiz bilan baham: