65
tanovul qilish imkoniyatiga ega bo'laman. Omad va muvaffaqiyat
nash'asini surish uchun men albatta baxtli bo'lishim kerak, kulgi
esa bu ishda menga xizmatkor vazifasini bajaradi.
Men baxtli bo'laman.
Men muvaffaqiyatga erishaman.
Men hali dunyo ko'rmagan buyuk savdogar bo'laman.!
O’N BESHINCHI QISM
Sakkizinchi o’rama
Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq
bo'laman.
Tut daraxtining bargi odamzodning buyukligi natijasida shoyiga
aylanadi. Daraxtning tanasi odamzodning daholigi natijasida mehrobga
aylanadi. Qo'ylarning bir parcha juni odamzodning iste'dodi natijasida
shohlar libosiga aylanadi.
Agar odam bargning, loyning,
daraxtning va
junning narxini ming marotaba oshira olsa,
nahotki men bu ishni odam
deb atalmish va mening nomimni ko'tarib yurgan loy parchasiga
nisbatan qila olmayman.
Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq
bo'laman.
Men boshoqdagi donga o'xshayman, bu
donni uchta narsa kutishi
mumkin: Donni hayvonlarga yem qilib
berish mumkin,
donni yanchib
66
unga aylantirish mumkin va non pishirish mumkin, yoki yerga ekib, uni
bir necha ming barobarga ko'paytirish mumkin.
Lekin men bilan don
o'rtasida katta farq bor. Don tanlash imkoniyatiga
ega emas- uni yem
qiladilarmi, non qiladilarmi yoki ekadilarmi? Dondan buni hech kim
so'ramaydi. Menda esa tanlash imkoni bor. Men o'z hayotimni
tushkunlik va omadsizlik tegirmoniga tashlamayman. Birovlarning
istagi bilan mening umrim unga aylanishini xohlamayman.
Bugun men
avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq bo'laman. Don
boshoqqa aylanishi uchun uni qorong'i yerga ko'mish kerak.
Mening
omadsizliklarim, tushkunliklarim, bilimsizliklarim va kuchsizligim- Bu
pishib-yetilish uchun zulmat yerga ko'milishimdir. Donning yetilishi
uchun yomg'ir, quyosh va iliq shamol kerak bo'lganidek, men
orzuyimga yetishim uchun aqlimni va badanimni tarbiyalashim kerak.
Yetilish uchun don tabiatning issiq-sovug'iga chidashi kerak. Men esa
chidashim shart emas, chunki men o'z taqdirimni o'zim hal qilishim
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: