60
Men doimo bir fikrni yodda saqlayman. Faqat bo'ysunishni
biladiganlar muvaffaqiyat cho'qqisida turib qolishlari mumkin. Lekin
men bo'ysunuvchi emasman. Meni yo'q qilmoqchi bo'lgan
kuchlar bilan
kurashishim kerak bo'ladigan kunlar keladi. G'am va ishonchsizlik kabi
dushmanlarimni tez tanib olaman. Lekin shunaqa yovuz kuchlar ham
borki, ular menga jilmayib qo'l uzatib yaqinlashadi. Lekin men
doimo
sergak turishim kerak va ularni nazorat ostida ushlashim kerak.
Mag'rurlikni his qilsam - omadsizlikni eslayman.
To'qlikni his qilsam och yurgan kunlarimni eslayman. Rohatlanish
sezsam- kurashgan davrim ko'z oldimga keladi.
Kuch-
qudratni his qilsam- xo'rliklar esimga tushadi.
Manmanlikni his qilsam- shamolni jilovlashga harakat qilaman.
Badavlat bo'lganimda - men qashshoqligimni eslayman.
Mansabimga aqida qilsam- men nochorligimni eslayman.
Men o'zimni dunyoda tengsiz deb o'ylasam-
osmondagi yulduzlarga
boqaman.
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman.
Bu o'rgangan yangi bilimlarim bilan men kimga murojat qilsam, o'sha
odamning his tuyg'ularini tushuna olaman. Men u odamning serzardaligi
va qo'polligidan xafa bo'lmayman. Chunki u o'zini tuta bilish
sirini
bilmaydi. Men uning barcha sovuq muomalasiga chidayman, chunki u
ertaga o'zgaradi. Men odam haqida bitta suhbatdan
keyin xulosa
61
chiqarmayman.
Besamar uchrashuv, hamsuhbatimning nafrati ertaga
menga qaytarilmaydi.
Bugun u oltin arava uchun
sariq chaqa ham bermadi, ertaga
esa u
quruq taxta uchun uyini ham berishga tayyor bo'ladi. Bu sirni bilish
katta boylikka eltuvchi kalit.
Do'stlaringiz bilan baham: