64
va u yomonlik mevalarini keltirmasdanoq o'ladi; men yaxshilikka
qo'shilib kulaman va u yanada gullab yashnaydi. Mening
tabassumim boshqalarning yuzida tabassum uyg'otsagina,
mening har bir kunim unumli o'tadi. Agar men odamlar bilan
xushmuomala bo'lmasam, ular mening molimni sotib olmaydilar.
Men dunyoning ishlari ustidan kulaman.
Bundan buyon men faqat baxtdan yig'layman, chunki g'amgin,
xafaqon yoki ruhan tushkunlikka tushgan insonning o'rni savdo
rastasida emas. Har bir tabassumni oltinga almashtirsa bo'ladi.
Har bir yurakdan aytilgan shirin so'zdan shohona qasr qursa
bo'ladi. O'z ustimdan va dunyoning ishlari ustidan kulish
qobiliyatini yo'qotmaslik uchun men hech qachon
keragidan ortiq
kibrli, dono va buyuk bo'lmayman. Men umrbod bola bo'lib
qolaman, chunki bu xol menga pastdan
balandga qarash imkonini
beradi . Vaholanki, men dunyoga
shunday vaziyatdan qarash
imkoniga ega bo'lsam, men hech qachon katta bo'lmayman va
belanchakka sig'mayman.
Do'stlaringiz bilan baham: