62
O’N TO’RTINCHI QISM
Yettinchi o’rama
Men dunyoning ishlari ustidan kulaman.
Odam bolasidan tashqari birorta
jonzotga kulish imkoniyati
berilmagan. Shikastlangan daraxt tanasidan
suyuqlik oqishi
mumkin. Yovvoyi hayvonlar og'riqdan va ochlikdan yig'lashlari
mumkin, faqat odamzodgina kulish baxtiga muyassar bo'lgan.
Shuning uchun men bu baxtdan
xohlagan paytimda foydalana
olaman. Bundan keyin men kulishni o'zimga odat qilib olaman.
Men kulimsirab yursam mening oshqozonim yaxshi ishlaydi, men
xursand bo'lib yuraman va mening yukim yengil bo'ladi. Men
kulaman va mening umrim uzayadi- bu uzoq umr ko'rish siri va
men bu sirdan xabardorman. Men dunyoning ishlari ustidan
kulaman. Hammadan ko'p men o'z ustimdan kulaman, chunki
odam o'zini
qanchalik jiddiy ushlasa, shunchalik kulgili ko'rinadi.
Men esa bu aql qopqoniga tushishni istamayman. men
tabiatning
buyuk mo'jizasi bo'lsamda, shu bilan birgalikda
men vaqt shamoli
uchurib yurgan qum zarrasiman. Men qayerga keldim va qayerga
ketaman? Agar menga duch kelgan odam la'natga yoki ko'z
yoshiga arzisa, men nima qilishim kerak? Men quyidagi uchta
so'zni doimo qaytarib yuraman.
Toki bu so'zlar har doim biror noxush voqea ro'y berganda
mening hayolimga kelsin. Qadimdan qolgan bu so'zlar mening
hamma vaqt yomon kunlarimdan eson-omon o'tib ketishimga
yordam beradi. Bu so'zlar quyidagicha: "Bu kunlar ham o'tadi!".