56
uchun men bugungi kunning har bir soatini avaylashim kerak.
Chunki bu soat hech qachon qaytib kelmaydi. Uni erta
uchun
asrab bo'lmaydi. Huddi shamolni egarlab bo'lmagani kabi.
Bugungi kunning har birdaqiqasini men kaftlarim orasiga olib
erkalayman, chunki u bebaho. Hayot bilan vidolashayothan
odam, yana bir nafasni sotib ola oladimi? Bu nafas uchun
dunyodagi barcha oltinlarni bergan taqdirda ham. Men
har bir
daqiqani qanchaga baholayman? Men ularni bebaho qilaman.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi
kunidek yashab o'taman.
Vaqtni behudaga o'ldiruvchi odamlardan men qochib yuraman.
Bamaylihotirlikni men harakat bilan yo'q qilaman. ishonchsizlikni
men ishonch bilan yengaman. Qo'rquvni men aniqlik bilan daf
qilaman. Safsatabozlarga men quloq solmayman. Dangasalar
bo'lgan joyda men ushlanib qolmayman. Yallo qilib
yashayotganlar oldiga men yaqin ham kelmayman. Yallo qilib
yashash bu- yaxshi ko'rgan odamlaringdan mehringni, ovqatni,
kiyimni o'g'irlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: