48
Men mag'lubiyatga bo'yn egmayman, "omadsizlik, befoyda
umidsizlik, bo'lishi mumkin emas, qila olmayman, chekinaman"
degan so'zlar mening og'zimdan chiqmaydi, chunki bu so'zlarni
faqat nodonlar ishlatadi. Men
tushkunlikka tushmayman, lekin
shu axvolga tushgan taqdirimda ham, men baribir ishlayveraman.
Men mehnat qilaman va g'alabaga erishaman. Men to'siqlarning
ustidan o'tayotgan vaqtimda ularga qaramayman, chunki mening
ko'zlarim cho'qqilarda bo'ladi. Men bilaman cho'qqilardan o'tsam
bog'larga yetib kelaman.
Muvaffaqiyatga
erishmagunimcha
men
orqaga
qaytmayman.
Savdo-sotiqdagi har bir mag'lubiyatim meni muvaffaqiyatga
yaqinlashtiraveradi. Har bir ho'mraygan
nazar meni tabassum
balqib turgan chehraga yaqinlashtiradi. Har bir omadsizlik
kelajakdagi omad urug'ini o'zida saqlaydi. Men kunduzni qadriga
yetish uchun avvalo tunni ko'rishim kerak. Men muvaffaqiyatning
mazasini tuyish uchun avvalo mag'lubiyatga uchrashim
kerak.
Muvaffaqiyatga erishmagunimcha men orqaga
qaytmayman. Men yana va yana urinaveraman. Har bir to'siqni
men o'zim uchun, omadga eltuvchi yo'lning debochasi deb
bilaman. Men tirishqoq va o'z ishimning ustasi bo'laman. Men
savdogarlarning har bir sirini esimdan chiqarmayman va o'zimga
qurol qilib olaman. Har kun quyosh botguncha savdom unumli
yoki unumsiz bo'lganidan qatiy nazar, men
yana biror narsa
sotishga urinib ko'raman. Aqlim charchagan tanamni uyga
qaytishga
undasa ham, men yana bir karra harakat qilaman, bu
49
harakatim befoyda bo'lsa ham yana bitta harakat qilaman. Kunim
omadsiz tugashiga hech qachon yo'l qo'ymayman. Men bu
ishlarim bilan bo'lajak g'alaba urug'larini ekaman va ishini o'z
vaqtida tugatadiganlar oldida katta imkoniyatga ega bo'laman.
Boshqalar ishini tugatganda, men o'z ishimni boshlayman va
mening
hosilim mo'l bo'ladi.
Muvaffaqiyatga
Do'stlaringiz bilan baham: