44
sevaman, chunki ular meni ilhomlantiradilar. Men omadsizlarni
sevaman, chunki ularning xatolari men uchun dars bo'ladi. Men
podsholarni sevaman, chunki ular bor-yo'g'i odam bolasi, va men
oddiy xalqni sevaman chunki ular Xudoning bandalari. Men
badavlatlarni sevaman, chunki ular ozchilik. Men kambag'allarni
sevaman, chunki ular ko'pchilik. Men
yoshlarni sevaman,
chunki
ular umid bilan yashaydilar. Men qarilarni sevaman, chunki ular
bizga donolikni o'rgatadilar. Men chiroylilarni sevaman, chunki
ularning ko'zlari g'amgin, men xunuklarni sevaman, chunki
ularning ko'ngillarida orom mujassamlashgan.
Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan
muhabbat bilan boshlayman.
Men boshqalarning harakatiga qanday javob berishim kerak?
Faqatgina muhabbat bilan. Muhabbat bu odamlarni yuragini zabt
etadigan qurolimga emas balki muhabbat bu meni odamlarga
nafrat o'qidan va g'azab nayzasidan himoya qiluvchi
qalqondir. Baxtsizlik va omadsizliklar mening bu qalqonimga
urilib bor yo'g'i iliq bahor yomg'iriga aylanadilar. Muhabbat meni
ko'pchilik orasida ham , yolg'izlikda ham asraydi. Muhabbat meni
nochorlikda ruhlantiradi. Manmanlikka berilganimda xushyor
qiladi. Qalqonim kundan
kunga mustahkamlanadi, va bir kun
men uni chetga olib qo'yaman, chunki endi meni yo'limda
to'siqlar uchramaydi. Shunda men hayot zinasidan balandga
ko'tarila boshlayman.