Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino
Download 392.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Dunyoning eng buyuk savdogarlari
38 SAKKIZINCHI QISM Birinchi o’rama Bugundan e'tiboran men yangi hayot boshlayapman. Bugun men g'amlarim, uquvsizligim va taqdir zarbalari tamg'alangan eski terimni yechib tashlayman. Bugun men hammaga mevasi yetadigan uzumzorda qaytadan dunyoga kelaman. Bugun men eng baland toklarda joylashgan, mendan ilgari yashab o'tgan donishmandlar mevalarini terib olaman. Bugun men anashu mevalarning ta'mini bilaman va ularning ichida yashiringan muvaffaqiyat urug'ini o'z qalbimga yangi hayotga erishish uchun ekaman. Men tanlagan ishda, meni juda ko'p imkoniyatlar kutyabdi, lekin shuncha ko'p ko'ngilsizliklar ham. Agar bu hayotda omadsizlikka uchragan barcha odamlardan piramida yasaganlarida edi, u dunyodagi eng baland piramida bo'lur edi. Lekin men boshqalar kabi yutqazmayman. chunki mening qo'limda menga yo'l ko'rsatuvchi xarita bor. Unga tayangan xolda men shiddatli dengizlardan oshib o'z orzuyim qirg'og'iga yetaman. Bu kurashlarda men mag'lubiyatga uchramayman. Mening tanam og'riqni sezishni xohlamaydi, mening hayotim esa omadsizlikni tan olmaydi. Og'riq va omadsizlik mening tabiatimga zid tushunchalar. Endi men Omadsizlikdan yuz o'giraman va donolikka, meni omadga eltuvchi qoidalarga qarab yo'l boshlayman. Boqiy umr ko'ruvchiga vaqt hamma narsani o'rgatadi, lekin mening buncha vaqtim yo'q. Men uchun berilgan vaqt davomida men sabr san'atini o'rganmog'im lozim, chunki tabiatning o'zi hech qachon shoshma-shosharlik qilmaydi. Chunki daraxtlar malikasi bo'lmish zaytun daraxtini yaratish uchun 1000 yillar kerak, 39 piyoz esa atiga 9 haftalarda chiriydi. Men piyozday yashadim va baxtsiz edim. Endi esa qudratli zaytun daraxtiga aylanaman va buyuk savdogar bo'laman. Lekin bunga qanday erishish mumkin? Mening bilimim ham, saviyam ham yo'q, men ko'p martalab yiqilganman va o'z-o'zini ayash o'rasiga tushganman, bu yo'l har xil befoyda bilimlardan, ko'nikmalardan holidir. Tabiat meni hayvonlardan ustun qilgan holda, juda ajoyib sezgirlik va ziyraklik bilan taqdirlagan. Hamma ishda odamlarning o'zida donolik va to'g'ri fikrlash qobiliyati yetmaydi. Saviyali bo'lish uchun ko'p yillarni sarf qilish kerak, bu narsa esa ba'zida o'rganilayotgan darsni befoyda qilib qo'yishi mumkin. Zamonaning zayli tez o'zgaradi, siz esa zamonadan orqada qolib ketishingiz mumkin. Bugun sizga omad keltirgan harakat ertaga hech kimga kerak bo'lmasligi mumkin. Mening qo'limdagi o'ramalardan buyuklikka va muvaffaqiyatga olib boradigan qoidalarni o'rganish mumkin. Ular meni nafaqat omadsizlikdan asraydi va buyuk ishlarga yetaklaydi. Shu bilan birgalikda qoidalar menga muvaffaqiyat nima ekanligini ko'rsatadi. Muvaffaqiyat- bu aqlingizning ko'rsatgichidir. Mingtadan ikkita donishmand ham "Omad nima? degan savolga bir xil javob bera olmaydi, lekin omadsizlik haqida hammaning fikri bir xil. Download 392.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling