57
Men bugun o'zimni qurbon qilaman. Ertaga
balki men hech narsa
taklif qila olmayman, yoki bu taklifimni qabul qiluvchi odamning
o'zi bo'lmas.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi
kunidek yashab o'taman.
Agar bugungi kunim haqiqatdan
ham men uchun hayotimning
ohirgi kuni bo'lsa, bu menga qo'yilgan buyuk haykal bo'ladi. Men
bugungi kunni hayotimdagi eng ajoyib kunga aylantiraman.
Bugungi kunning har bir daqiqasini men ohirigacha simiraman,
uning ta'mini sezaman va undan minnatdor bo'laman. har bir
soatni snanayman va har bir soniyasini buyuk ishlarga
sarflayman. men odamlar bilan har kungidan ko'proq muloqotda
bo'laman. Men har kungidan ko'proq mol sotaman va har
kungidan ko'proq oltin ishlab topaman. Har bir daqiqam
kechagidan unumliroq bo'ladi va bugun ohirgi kun hayotimdagi
eng yaxshi kun bo'ladi.
Men bugungi kunimni xuddi hayotimning so'nggi kunidek
yashab o'taman.
Agar bu kun hayotimning eng ohirgi kuni bo'lmasa men bu
kun oldida minnatdorlik bilan tiz cho'kaman
.
O’N UCHINCHI QISM
Oltinchi o’rama
Bugun men o'z hissiyotlarimning qiroli bo'laman.
Suvlar oqib keladi-suvlar oqib ketadi. Qish tugaydi va yoz keladi. Yoz
chekina boshlasa yana qish xukmronlik qila boshlaydi. Quyosh
chiqadi
58
va quyosh botadi. Qushlar uchib keladi va uchib ketadi. Gullar ochiladi
va gullar so'ladi. Urug'larni ekadilar va hosilni yig'ishtirib oladilar.
Tabiat bu hodisalarning aylanib turishidir.
Men ham tabiatning bir
qismiman. Shuning uchun mening kayfiyatim ham goh ko'tariladi- goh
tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: