Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi


Yuritmalarning klassifikatsiyasi


Download 433.68 Kb.
bet8/17
Sana22.06.2023
Hajmi433.68 Kb.
#1649517
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
BMI.docx Allayarov J (2)

2.4 Yuritmalarning klassifikatsiyasi
Harakatni harakat manbayi (elektr dvigatel)dan stanokning ishchi organlari (shpindel, support, stol va boshqalar)ga uzatuvchi mexa- nizmlar majmuasi stanokning yuritmasi deyiladi. Yuritma tarkibiga harakat manbayi ham kiradi.
Yuritmalar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:
1. Ishchi organlar harakati tezligini boshqarish xarakteri bo‘yicha:
a) pog‘onali yuritmalar (shesternyali tezliklar qutilari, zinasi- mon shkiylar, bulardan ko'proq tezliklar qutilari uchraydi;
b) pog‘onasiz yuritmalar (mexanik variatorlar, elektrik, gidravlik va kombinatsiyalashgan yuritmalar).
2. Bajaruvchi organining harakati turi bo‘yicha: aylanma harakat, to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytar, uzlukli (davriy) va uzluksiz (to£xtovsiz) harakatlanuvchi yuritmalar boiadi.
3. Konstruktiv tuzilishi bo‘yicha mexanik, gidravlik va elektrik yurit-malarga bo‘linadi.
4. Bajaradigan vazifasi bo'yicha bosh harakat yuritmalari, surish harakati yuritmalari va boshqarish sistemasi yuritmalari boiadi.
Pog‘onali yuritmalar belgilangan oraliqda aylanish chastotalari, ik-kilangan yurishlar yoki surish qiymatlarining ma’lum qatorini beradi.Pog‘onasiz sistemalar stanokda eng qulay kesish rejimi parametr- larini stanokni tocxtatmay turib o£rnatish imkoniyatiga ega.Pog‘onasiz harakat manbayi sifatida «generator-dvigatel» sxemasi va o'zgarmas tokda ishlaydigan tiristorli elektr dvigatel qo‘llanilib, tiristor o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirib beradi. Bunday elektrik yuritma shpindelning aylanish chastotasini 4000 min1 va un- dan ortiq qiymatlarigacha pog‘onasiz boshqarish imkoniyatini beradi.Gidravlik yuritmalar sidirish, randalash, o'yish, jilvirlash, ko- pirlash, agregat stanoklarida keng qo'llaniiadi. Gidroyuritma tarkibida nasoslar (shesternyali, plastinkasimon, radial porshenli va aksial por- shenli), gidrodvigatellar (stanok ishchi organini to‘g‘ri chiziqli hara- katlantiruvchi kuch silindrlari va aylanma harakat beruvchi gidromo- torlar) va taqsimlash hamda boshqarish apparatlari (zolotniklar, dros- sellar, vaqt relesi, klapanlar) bo'ladi. Gidravlik sistemalami chizib tasvirlash uchun ГОСТ 2781-68, ГОСТ 2782-68 belgilagan shartli belgilardan foydalaniladi.Pnevmatik yuritmalar siqilgan havo (0,5...0,6 MPa)da ishlab, zago-tovkalami yuklash, zagotovka va kesuvchi asboblarni mahkamlash, stanok ishchi organlarini tezkor usulda surilishini ta’minlashda qo'Uaniladi.Mexanik variatorlar friksion uzatmalar bo'lib stanoklarning yurit-malarida nisbatan kam uchraydi, chunki ularning boshqarish diapo- zoni kichik (6 dan ortmaydi), FIK past va ishonchli ishlash muddati cheklangan.
. Yuritmalaming asosiy (namunaviy) mexanizmlari
Metall kesuvchi stanoklarda turli maqsadlarda turli uzatmalar va mexanizmlardan foydalaniladi. Ularning asosiylari quyidagilardir.

1. Reykali uzatmalar stanoklarda to‘g‘ri chiziqli harakatni amalga oshirishda keng qo'llaniladi. Uning turiari: tishli g‘ildirak-reyka (9.1- rasm, a) va chervyak-reyka (9.1-rasm, b).
Reykali uzatmalar bosh harakat yuritmasida (tish o‘yish, bo‘ylama -randalash stanoklari) va surish harakati yuritmasida (tokarlik, par- malash stanoklarida) ham qo‘llaniladi.
Reyka g'ildiragi bir marta aylanganida reyka quyidagi masofani bosib o‘tadi:
s=1*z^=nmzk, mm.
Bu yerda /-reykaning qadami, mm; Zk-g‘ildirak tishlari soni;
/и-ilashish moduli, mm.
2. Vintli uzatmalar sekinlashtirilgan harakatlarni hosil qilish im-koniyatiga ega. Uning turlari: ajralmas gayka-vint, ajraluvchan gayka- vint, sharikli gayka-vint (9.2-rasm).

Vintli uzatmalar surish yuritmalarida, shuningdek ishchi organ- larini tezkor usulda haraktlantirishda (revolver stanoklarida) hamda raqamli dastur bo‘yicha boshqariladigan stanoklarda (sharikli gayka- vint) qo‘llaniladi.
3. Krivoshipli va kulisali mexanizmlar aylanma harakatni to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytar harakatga aylantirib beradi. Bunday harakat randalash, o‘yish, sidirish, tish randalash stanoklarida bosh ishchi harakatdir.

Polzunning tezligi v=0 dan v=v0 1/a+R gacha o'zgaruvchan bo£ladi, bunda v0-barmoq 2 ning aylanma harakat tezligi, m/s.
4. Kulachokli mexanizmlar aylanma harakatni to£g‘ri chiziqli il-garilama-qaytar harakatga aylantirib berib, asosan avtomatik stanoklarda qo‘llaniladi. Bunday mexanizmlaming yassi silindrik va tores (yon qismi ishlaydigan) kulachokli turiari uchraydi (9.4-rasm). Kulachoklar, roliklar va itargichlar 15X, 20X yoki ШХ15 po‘latlaridan yasaladi (HRC 58 - 62).

anizmlari ko£rinishida bajariladi. Xrapovikli mexanizm randalash va jil-virlash stanoklarida davriy surishni amalga oshirish uchun qo£llaniladi. Malta mexanizmi stanok ishchi organlari revolver kallagi, shpindel bloki, stol va boshqalami davriy tarzda ma’lum burchakka burish vazi- fasini bajaradi (9.5-rasm).
6. Reversiv mexanizmlar stanok mexanizmlari harakat yo‘nalishini o‘zgartirib berish uchun mo‘ljallangandir. Ko£pincha reverslash silindrik yoki konussimon tishli g£ildiraklar yordamida amalga oshiriladi (9.6-rasm).
a) harakat silindrik tishli g£ildiraklar bilan uzatilganda z/z2 nis- batda I va II vallar qarama-qarshi yo£nalishda, z/z0%/z4 nisbatda I va

II vallar bir xil yo'nalishda bo‘ladi -oraliq shesterna); reverslash friksion mufta M, orqali bajariladi.
b) konussimon tishli g‘ildiraklar bilan reverslashda ikki tomonla- ma kulachokli mufta M2 dan foydalaniladi.

d) ba’zi tish kesish stanoklarida qo‘llangan revers mexanizmida Zr=l6 tishli g‘ildirakning o‘zgarmas harakatlanishida yig'ma katta- g'ildirak z ilgarilama-qaytar aylanma harakatga ega bo‘ladi.
7.Jamlovchi mexanizmlar stanoklarda bir zvenoda har xil kine-matik zanjirlaming harakatlarini yig‘ish (jamlash) uchun xizmat qiladi.
Bu maqsadda planetar va differen-sial mexanizmlaridan foydalaniladi.Stanoklarda ko‘proq konussimon tishli g‘ildiraklardan tuzilgan diffe-," rensial qo'llaniladi (7-rasm)
Planetar uzatmalarda ba’zi g'ildiraklarning o‘qlari o‘z navbatida hara-katlanuvchi bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchan o‘qlarga ega bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o'rnatilgan zveno yetaklovchi (vodilo) deb nomlanadi. 0‘qlari qo‘zg‘aluvchan bo'lgan tishli g'ildiraklar satellitlar deb ataladi.
Planetar uzatmalar uzatishlar nisbatining katta oraliqda bo‘lishiga imkoniyat beradi. Planetar uzatmalaming kichik o‘lchamlari va massasi ularning asosiy afzalliklaridan hisoblanadi.
8. Muftalar vallarni birlashtirish va harakatni vald'an valga uzatish uchun xizmat qiladi. Muftalaming turlari: doimiy, ilashuv, hi- moya, bir yo‘nalishda harakatni uzatuvchi.
9. Norton mexanizmi standart rezbalami kesishda zarur bo‘ladigan surish qiymatlarining arifmetik qatorini hosil qilib, tokarlik stanoklari- ning surish qutisida qo‘llaniladi.
10. Meandr mexanizmi tokarlik-vintqirqar stanoklarida surish qutisi tarkibidagi birinchi aylanib o‘tish guruhini hosil qilish maqsadida qo‘llanib, bir richagli oson boshqarish imkoniyatini beradi.
Pog‘onali yuritmalarning kinematikhisobi. Struktura setkasi va aylanish chastotalarining grafiklari
Pog‘onali boshqariladigan yuritmalar metall kesuvchi stanoklarda keng tarqalgandir.
Pog‘onali boshqarishni ta’minlovchi mexanizmlar konstruksiyasi bo‘yicha sodda va ulami ekspluatatsiya qilish ishonchlidir.Har bir metall kesuvchi stanok ma’lum o‘lchamli zagotovkalarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zagotovkalarning ko‘rsatilgan o'lchamlari, stanokning gabariti va kesish tezligining cheklangan qiymatlariga bog'liqdir.
Stanok shpindeli aylanish chastotalarining cheklangan qiymatlari kesish tezligining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal va minimal qiymatlari hamda zagotovkaning cheklangan diametrlari orqali aniqlanadi:
n = 1 000 v / nD .; n . =1 000 v . / nD .
max max • mm’ min mm • max
”max/”min nisbat shpindel aylanish chastotalarining rostlash dia- pazoni deb ataladi va quyidagicha belgilanadi:
Rostlash diapazoni stanoklarda keng oraliqda o‘zgaradi. Uning eng katta qiymatlari universal stanoklarga, eng kichik qiymatlari esa maxsus stanoklarga tegishli. Masalan, 16K20 modelli universal tokarlik- vintqirqar stanogi uchun Лп=128, 1Д118 modelli cheklangan operat- siyalarni bajaradigan tokarlik-revolver avtomati uchun Лп=40.
nm3X va nmm oralig'ida aylanish chastotalarini turli qatorlar bo‘yicha joylashtirish mumkin. Stanoksozlikda maqsadga muvofiqrog‘i geometrik qator bo‘lib, unda aylanish chastotasining har bir navbatdagi chastotasi oldingisidan
Stanoklarda shpindel aylanish chastotalarining geometrik progressiya qatori bo'yicha joylashishining qulayligi birinchi marta 1876-yilda aka-demik A.V. Godolin tomonidan isbotlangan. Geometrik qatoming asosiy afzalligi shundaki, kesish tezligining eng katta nisbiy yo‘qotilishi aylanish chastotalari qatorining barcha oraliqlari uchun bir xil bo‘lib qoladi. Bu esa stanokda zagotovkani shakllantirish bo‘yicha ish unum- dorligida maksimal nisbiy yo‘qotishning o‘zgarmasligiga erishish imkonini beradi.
ya’ni boshqa qatorlarga nisbatan iqtisodiy afzalliklarga egaligini ko‘rsatadi. Maxraji (p bo‘lgan aylanish chastotalari geometrik qatori quyidagi
ko‘rinishga ega:

Bundan quyidagi kelib chiqadi .

Bu yerda z-qator hadlarining soni.
cp ning qiymatlari me’yorlashtirilgan boiib, bu aylanish chastotalari va surish qiymatlari qatorini ham me’yorlashga olib kelgan, bu esa stanoklarning kinematik hisobini ancha osonlashtiradi.
Keltirilgan normal bo‘yicha cp ning quyidagi qiymatlari qabul qilin- gan.

Keltirilgan shpindel aylanish chastotalari qatorini tuzishga tegish- li bo‘lgan qonuniyat surishlar qatori (sm.a. smin=Rs) uchun ham, shuningdek bosh harakat ilgarilama-qaytar bo‘lgan stanoklarda ikki marta yurish rtdv sonlari uchun ham qo‘llaniIadi.
Tezliklar qutilarining kinematik hisobi. Stanoksozlikda tezliklar qutilarini kinematik hisoblash uchun ikki usul—analitik va grafoana- litik usullar qollaniladi.
Ikkala usul tezliklar qutisi tarkibidagi uzatmalarning uzatish nis-batlarining qanday aniqlanishini ko‘rsatadi. Ammo, odatda grafoanali- tik usuldan foydalaniladi, chunki u yechimning turli variantlarini tez topishga imkoniyat beradi, ko‘proq yaqqollikka egaligi bois variantlami o‘zaro solishtirish osonlashadi.
Grafoanalitik usul bo‘yicha ketma-ket struktura setkasi va aylanish chastotalari grafigi tuziladi.
Struktura setkasi stanok yuritmasining strukturasi (tuzilishi) haqida aniq ma’lumot beradi. Bu setka asosida guruhli uzatmalar uzatish nisbat- lari orasidagi bog‘lanishni ko‘rish mumkin, ammo setka bu miqdorlar- ning aniq qiymatlarini ko'rsatmaydi. Aylanish chastotalari grafigi yuritma tarkibidagi barcha uzatmalar uzatish msbatlarining va barcha vallaming aylanish chastotalarining aniq qymatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. Grafik yuritma stanok kinematik sxemasiga mos ravishda chiziladi.
Bosh harakati aylanma harakat bo‘lgan stanoklar tezliklar qutisi kinematik sxemasini ishlab chiqish uchun quyidagilar ma’lum bo'lishi kerak: shpindel aylanish chastotalari pog‘onalari soni z, geometrik qator maxraji cp, shpindelning dan nz gacha aylanish chastotalari, elketrodvigatelning aylanish chastotasi ne&. Shpindelning aylanish chastotalari pog‘onalari soni г ketma-ket ulanadigan uzatishlar gu- ruhlarini sozlashda har guruhdagi uzatishlar sonlarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ya’ni z=Pa Pv Pc-Pk.
Misol tariqasida olti pog‘onali tezliklar qutisi uchun struktura setkasi va aylanishlar chastotasi grafigi variantlaridan biri keltirilgan (9.8- rasm). Struktura setkasi quyidagicha yasaladi: bir xil masofada vertikal chiziqlar o‘tkaziladi, ularning soni guruhlar uzatmalari sonidan bitta ortiq olinadi. Shuningdek oraligi lg

ga teng bo£lishi kerak, bunda x. mos guruh-ning xarakteristikasini ifodalaydi.
Aylanish chastotalari grafigi quyidagi tartibda chiziladi: o‘zaro teng masofada vertikal chiziqlar o£tkazilib, ularning soni qutidagi vallar soniga teng qilib olinadi. So£ngra Ig (p ga teng bo£lgan oraliqda gorizontal to‘g£ri chiziqlar o‘tkazilib, ularga pastdan yuqoriga qarab л, dan boshlab aylanish chastotalari tartibi belgilanadi. Vertikal chiziqlar orasida o£tkazilgan nurlar ikki val orasidagi uzatishlar soni i= qf ni ifodalaydi (bunda m—lgq> ga teng qilib olingan nurlar bilan chegara- langan oraliqlar soni). Nurning gorizontal holatida /=1, nur yuqoriga yo£nalgan bo£lsa />1 va, nihoyat, nur pastga yo£nalgan bo£lsa, /<1.



Download 433.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling