Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi


Download 433.68 Kb.
bet7/17
Sana22.06.2023
Hajmi433.68 Kb.
#1649517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
BMI.docx Allayarov J (2)

2.3 Stanoklar yuritmalari
Zagotovkalarga ishlov berish jarayonida stanokning ish bajaruv- chi organlari va mexanizmlari o‘zaro bog‘langan harakatlarga ega bo'ladi. Bu harakatlar ikki turga bo‘linadi.
1. Asosiy (yoki ishchi) harakatlar, bu harakatlar zagotovkada shakl o‘zgartirishni ta’minlab, ular bosh harakat va surish harakati (ba’zi stanoklarda shuningdek bo‘lish harakati, obkatka harakati, zagotovkaning qo‘shimcha aylanish harakati)dan iborat bo‘ladi. Bosh harakat kesish tezligini aniqlovchi harakat bo'lgani uchun, uni ba’zan kesish harakati deb ham ataladi. Stanoklarda bosh harakat ikki xil ko‘rinishda
-aylanma va to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, zagotovkaga yoki kesuvchi asbobga uzatiladi. Bu harakat ko‘p hollarda aylanma harakatdir; tokarlik guru- hi stanoklarida—zagotovkaning aylanishi bo‘lsa, frezalash, parma-lash va jilvirlash stanoklarida esa - kesuvchi asbob (freza, parma, razvyortka, jilvirlashlash doirasi)ning aylanishidir. Randalash, sidirish va ba’zi tish kesish stanoklarida bosh harakat to‘g‘ri chiziqli ilgarila- ma-qaytar harakat ko‘rinishida namoyon bo'ladi.
Surish harakati kesilayotgan qatlam (qirindi) ko‘ndalang kesimi o‘lchamlaridan birini aniqlovchi harakat sifatida bo‘ladi. Bu harakat to‘xtovsiz (tokarlik, frezalash, parmalash stanoklaridagidek), uzluk- li davriy (randalash stanoklarida) bo‘lishi mumkin. Ba’zi stanoklarda surish harakati bir necha xil bo'ladi. Masalan, doiraviy jilvirlashlash stanoklarida doiraviy surish (zagotovkaning aylanishi) va bo'ylama surish (zagotovkaning o‘q bo‘ylab harakati yoki abraziv doiraning surilishi); bundan tashqari doiraga yana ko‘ndalang surish harakati ham uzatiladi.
2. Yordamchi harakat kesish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnash- may, zagotovka va asbobni o‘matish hamda mahkamlash, tayyor detalni bo'shatib olish, stanokni boshqarish (aylanish chastotalari va surish qiymatlarini sozlab o‘rnatish) kabi ishlarni bajarishdan iborat.
Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayot- gan alohida elementlar va mexanizmlarning o‘zaro bog'lanishini ifo- dalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Kinematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilin- gan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinematik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb hara- katni boshlang‘ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta’minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to‘plamiga aytiladi. Harakatni bir ele- mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g'ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi. Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd ning yetaklovchi val aylanish chastotasi «vsh ga nisbatiga uzatish nis- bati deyiladi:
/="vd/«vsh
Kinematik zanjirlar doimiy o‘zaro bog‘langan elementlardan tashkil topgan yoki almashinuvchi elementlarga ega bo‘lishi mumkin. Almashi-nuvchi elementlar ko‘pincha tishli g‘ildiraklar, disk yoki baraban shak-lidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. Almashinuvchi o‘zaro bog‘langan elementlar guruhi sozlash uzeli deb ataladi. Kinematik zanjirning tishli g'ildiraklardan tuzilgan sozlash uzeli gitara deb ataladi. Gitaralar bir, ikki va uch juftli bo‘lib, ko‘proq ikki juftligi uchraydi.
Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi. Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik,
pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo‘lgan stanoklar uchun shuningdek gidravlik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham tuziladi.


Download 433.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling