Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
Download 433.68 Kb.
|
BMI.docx Allayarov J (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Sanitariya va gigiyena talablari
- 7.Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida elektr xavfsizligi talablari
5. Xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish
34. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim. 35. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim. 36. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ma’muriyat ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 37. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart. 38. Tibbiy ko‘riklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim. 39. Korxona ma’muriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim. 40. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning ma’muriyati zimmasiga yuklanadi. 41. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 6. Sanitariya va gigiyena talablari 42. Ish hududida havodagi zararli moddalarning miqdori GOST 12.1.005-2000 SSBT “Ish zonasidagi havo. Umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga asosan ruxsat etilgan miqdorlaridan oshmasligi lozim. 43. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak. 44. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranma darajasi GOST 12.1.003-89 SSBT “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.1.012-90 SSBT “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablarida belgilangan miqdoridan oshmasligi lozim. 45. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yorug‘lik. Loyihalashtirish me’yorlari” talablariga javob berishi lozim. Shuningdek, toza xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega va singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi lozim. 46. Elektr tokining odamga ta’sir etishini oldini olish bo‘yicha xavfsizlik talablari GOST 12.1.019-86 SSBT “Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 47. Statik tokdan himoya qilish tadbirlari GOST 12.1.18-93 SSBT “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 48. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xomashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim. 49. Zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlab chiqarishlarda, shuningdek maxsus haroratli sharoitlardagi yoki ifloslanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarga davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilangan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvuvchi va infeksiyani yo‘qotuvchi vositalar, sut yoki unga tenglashtirilgan mahsulotlar, davolovchi profilaktik ovqat bepul berilishi kerak. 7.Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida elektr xavfsizligi talablari 50. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” (IEQ TEQ) (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari” (IEQEQ XTQ) (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilish kerak. Har bir korxonada ma’muriyat buyrug‘i bilan tegishli muhandis-texnik xodimlardan korxona elektr xo‘jaligining umumiy holati uchun javobgar shaxs tayinlanishi va undan IEQEQ XTQ va mazkur Qoidalarni bajarilishini ta’minlash talab etilishi lozim.Shaxsning bilimi tekshirilib, elektr xavfsizligi bo‘yicha kuchlanishi 1000 V gach bo‘lgan elektr uskunalarga IV guruh, elektr xavfsizligi bo‘yicha kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan uskunalar bo‘yicha V guruh berilgandan keyin javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruq chiqariladi. Korxonada bosh energetik lavozimi bo‘lsa, elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgarlik unga yuklanadi. Download 433.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling