Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 433.68 Kb.
|
BMI.docx Allayarov J (2)
4. Kasbiy tanlov
26. Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 27. O‘ta xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi. 28. O‘ta xavfli ishlarga xizmat ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus o‘qitilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim. 29. Korxona mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga mos darajada ishlarni tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. 30. Korxona xodimlari ishlarni xavfsiz yuritishga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. 31. Kasbiy tanlovdan so‘ng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat o‘rnatish, zarur bo‘lganda qayta yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish lozim. 32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 33. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun to‘liq javobgar hisoblanadi. Download 433.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling