Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 433.68 Kb.
|
BMI.docx Allayarov J (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar 1. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi paxta tozalash ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, Davlat standartlarining tegishli normalarini, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan, davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar 1. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish 5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati; ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat); bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli; mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi. 7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma; tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari. 8. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 11. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Download 433.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling