Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Download 339.02 Kb.
|
BMI.docx Qodirov O
2. Xodimlarga yo‘l-yo‘riq berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari lozim. 13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 14. Korxona ma’muriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart. 15. Bajarishi lozim bo‘lgan ishi bo‘yicha kasb va mutaxassisligiga ega bo‘lmagan ishchilar ish joyida birlamchi yo‘l-yo‘riq olganlaridan so‘ng kamida dastlabki 6 — 10 ta smena davomida sex bo‘yicha farmoyish bilan tayinlangan tajribali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning rahbarligi ostida xavfsiz ish uslublariga o‘qitilishlari lozim. O‘qitish korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘tkazilishi kerak. 16. Ishga yangi qabul qilingan yoki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bir sexdan boshqa sexga o‘tkazilgan ishchilar ishga qo‘yilishdan oldin bevosita ish joyida uchastka ustasi yoki boshlig‘idan bexatar ish uslublari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari shart. 17. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. Download 339.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling