Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
Download 339.02 Kb.
|
BMI.docx Qodirov O
3. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
18. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 19. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 20. Jamoaviy himoya vositalari (ventilatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy so‘rg‘ichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 21. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi. 22. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha: sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari); davolash-profilaktika oziq-ovqati; gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun); maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanishi lozim. 23. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim. 24. Korxona ma’muriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart: amaldagi me’yorlar bo‘yicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni; qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni; shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 25. Xodimlar Paxta tozalash va kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1925, 2009-yil 18-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 138-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. Download 339.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling