- 17- МАЪРУЗА
- 16.3- модул: ТУРТКИЧИ ТЕБРАНМА ХАРАКАТ ҚИЛУВЧИ КУЛАЧОКЛИ МЕХАНИЗМНИНГ МИНИМАЛ РАДИУСИНИ АНИҚЛАШ ВА ПРОФИЛИНИ ЛОЙИХАЛАШ
- Режа:
- Муштакли механизмларни синтез қилиш босқичлари.
- Коромислоли муштакни профилини лойихалаш.
- Ролик радиусини танлаш.
- Mushtakli mexanizmlarni sintez qilish bosqichlari
- Mushtakli mexanizmlarni sintezi bu mexanizmning asosiy o'lchamlarini va chiqish bo’g’inining harakat qonuniga muvofiq mushtak profilini aniqlashdan iborat.
- Mushtakli mexanizmining sintezi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
- 1. Tezlik va ko’chish analogining burilish burchagi funksiyasi sifatida bog'liqligi chiqish bo’g’ini tezlanishi analogining ifodasini grafik integrallash orqali aniqlanadi.
- 2. Bosim burchagini cheklash yoki mushtak profilining qavariqligini ta'minlash shartidan kelib chiqib, mushtakli mexanizmning asosiy o'lchamlari quyidagicha aniqlanadi:
- mushtakning markaziy profilining minimal radiusi;
- haqiqiy mushtak profilining minimal radiusi;
- 3. Topilgan asosiy o'lchamlarni hisobga olgan holda va berilgan harakat diagrammasiga binoan mushtakda oliy kinematik juftlikning profilini quriladi.
- rolikning radiusi;
- tayanchlar orasidagi masofa.
- 2. Коромислоли муштакни профилини лойихалаш
- Mushtakli - koromisloli mexanizmni profillash quyidagi tartibda amalga oshiriladi (1 - rasm). Mushtakning aylanish markazi O va koromisloning teb-ranish markazi A qabul qilinadi. Avvaldan aniq bo’lgan rmin qiymati bo’yicha koromisloning pastki holati chiziladi. Koromisloning berilgan maksimal tebra-nish burchagi ψmax va ko’chish diagrammasi bo’yicha koromislodagi B rolik markazlari belgilanib chiqiladi. ОА radius bilan O markazdan aylana chiziladi, va u ko’chish diagrammasidagi bo’lakchalar soniga moslab bo’linadi. A nuqtaning boshlangich holatini А0 bilan belgilab, harakatni teskari aylantirishdagi boshqa holatlarni mushtak aylanishiga teskari yo’nalishda raqamlaymiz.
- Mushtakning aylanish О markazidan ОВ1, ОВ2 va hokazo radiuslar bilan aylanalar yoylarini chizamiz, А1, А2 va hokazo nuqtalardan esa sirkul yordamida AB koromislo uzunligiga teng belgilar qo’yamiz.
- va hokazo olingan nuqtalarni egri chiziq bilan tutashtirib profilni hosil qilamiz. Haqiqiy prodfilni olish uchun rolik aylanalari bo’yicha markaziy profilga nisbatan ichki eqvidistant egri chiziqni quramiz.
- 1 - rasm. Mushtakli – koromisloli
- mexanizmni profillash
- 3. Rolik radiusini tanlash
- Yuqorida aytilganidek, rolikli turtgichli mexanizmlarning mushtaklarini profillashda avval markaziy profil chiziladi, so’ngra haqiqiy profil rolik aylanalari bo’yicha markaziy profilga nisbatan egri eqvidistant yopiq yoy sifatida chiziladi (7.11 - rasm). Markaziy profilning egrilik radiusini ρц bilan, haqiqiy profilnikini esa - ρд bilan, rolik radusini esa –rр bilan belgilab, topamiz
- - profilning botiq tomonida (2,а - rasm)
-
- - profilning qavariq tomonida (2,b - rasm)
- formulalar taxlili shuni ko’rsatadiki, bitta prifildan ikkinchisiga o’tishda rр ning ba’zi qiymatlarida ρц mushtak profili o’tkir qirrali bo’lib qolishi kuzatiladi va bu holat zarbalarni keltirib chiqarishi mumkin.
- Qirralanish (o’tkirlanish) hosil bo’imaydi, agar
-
- - markaziy profil egriligining minimal radiusi.
- Amalda rolik radiusini quyidagi tengsizlik bo’yicha tanlash tavsiya etiladi
- formulalar va shartlar - kuch bilan yopilishda profilning qavariq tomonlarida, geometrik yopilishda esa – to’la profil uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |