Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo‘lib, иbirinchi navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog‘liq holda tanlanadi. Shovqinni inson sog‘lig‘iga va ish qobiliyatiga salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo‘lganligi sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday kompleks usul o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shov-qinni o‘z manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish уo‘nalishini o‘zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari va maydonlarining joylashishini ratsional rejalashtirish; shovqinni tarqalish уo‘lida kamaytirish. Ushbu usullar ichida
shovqinni o‘z manbasida kamaytirish eng samarali hisoblanadi. Mashina va mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi material-lardan foydalanish, uzatmalarni to‘g‘ri tanlash, ishdan chiqqan detallarni o‘z
vaqtida almashtirish va shu kabi уo‘llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, dumalash podshipniklarni ishqalanish podshipniklariga almashtirish shovqin darajasini 10...15 dB
ga, to‘g‘ri tishli shesternyalarni shevronli shesternyalarga almashtirish - 10...12 dB ga, zanjirli uzatmalar o‘rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish - 10...15 dB
ga, tishli uzatmalarni yig‘ish sifatini oshirish - 5...10 dB ga kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, shovqin darajasini kamaytirishda aylanuvchi detallarni balansirlash
ham muhim rol o‘ynaydi.
(4-ilova)
Savol va topshiriqlar:
1.Таbiiу havo almashinish qurilmalari ishlash xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
2. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari nimadan iborat?
3.Tebranishlar nima?
4 Shovqinning inson organizmiga ta’siri qanday?
5. Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |