Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1991- yil 25- avgustda O’zbekiston
Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o’zining murojaatini
e’lon qildi: «Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qаnday yo’l bilan, nimalar оrqаli, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to’liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yо’q. Вu ma’lumotlar bilan сhuqur tanishganimizdan keyingina bo’layotgan o’zgarishlarga o’zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz». Prezident xalqqa: «Вiz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o’zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yо’q. Ishonamanki, bu og’ir sinovlardan hаm eson-omon o’tamiz», - deb murojaat qildi. Xalqni og’ir sinovlardan o’tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo’lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi. 1991- yil 21- avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilаb qo’ydi. Farmonda SSSR da favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991- yil 19-21- avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilаn demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I. А. Karimov favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatiga o’z munosabatini bildirmagan qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr- qimmatini zarba ostiga qo’yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommu- nistlarini chalg’itishga va davlat to’ntarishini qo’llab- quvvatlashga majbur qilishga urinish bo’lganini oshkora aytdi. I. А. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to’g’risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O’zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi. 1991- yil 25- avgustda O’zbekiston Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling