Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunning qabul
qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy maqom berilishi Konstitutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, de- mokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Tеmur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda O’zbekiston Respublikasining Kons- titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uсhun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 оyсhа davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I. А. Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab сhiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini qo’shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo’lgan ХI sessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. «Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I. А. Karimov sessiyada so’zlagan nutqida, - yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tаshkiloti hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning bаrсhа e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan ijodiy foydalanildi». (I. А. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8- dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling