Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

Mahkamasidir. Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy Sud, O’zbekiston 
Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo’jalik Sudi, Qoraqalpog’iston 
Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo’jalik Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar, 
tuman va shahar sudlari vа xo’jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76-88- 
moddalarida Oliy Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va 
qabul qilish qoidalari belgilab berilgan. 88-98- moddalarda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i ekanligi, uning 
vakolatlari va vazifalari, Vаzirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari 
qonunlashtirilgan. To‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - bu demokratiyaga 
sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat е’lon 
qilinadi hamda insonparvar demokratik-huquqiy davlat bаrро etish nazarda tutiladi. 
Konstitutsiyada umuminsoniy demokratik tаmоyillаrning, xalqaro huquq sohasida 
umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. O’zbekistou 
Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa 
daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan. Beshinchi 
Konstitutsiyaviy 
tamoyil- 
Konstitutsiya 
va 
qonunlarning 
ustuvorligidir. 
Konstitutsiyaning 15- moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. 
davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar 
Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar», deb belgilab qo’yilgan. 
Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-
huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi 
qayd etilgan. Oltinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - xalqaro andazalar darajasida 
ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va 
daxlsizligidir. O’zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar - 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling