Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»
- Birinchidan
- «suveren»
- «O’zbekiston Respublikasi» vа O’zbekiston»
- Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat - Prezident
Mustaqil O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun - 8- dekabr umumxalq bayrami O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- Dekabr dam olish kuni hisoblansin. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon qilish to’g’risidagi qarordan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bо’lim, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. O’zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo’lib, barcha moddalari haqiqiy mustaqillik g’oyalari bilаn sug’orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O’zbekistonning mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, respublikaning «suveren»ligi haqida quruq so’zlar yozilgan, huquqiy qoidalari qog’ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya ijodkor xalqimizning хоhish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg’or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini vа milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi Asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Rеsрublikаsining Kоnstitutsiyаsini о’rgаnish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. O’zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili - davlat suverenitetidir. 1-6- moddalarda O’zbekiston - suveren demokratlk respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o’zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyada davlatning «O’zbekiston Respublikasi» vа O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo’yilgan. Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - xalq hokimiyatchiligidir. 7-14- moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan bir mаnbayidir, O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab amalga oshiradi, deb ko’rsatilgan. Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil - davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo’lib, faqat qonunga bo’ysunadi. O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat - Oliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyat - Prezident rahbarligida faoliyat ko’rsatuvchi Vazirlar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling