Sanoat mahsulotlarining tasniflanishi - Barcha xalq xo‘jaligi mahsulotlari birinchi va ikkinchi sinf (klass) mahsulotlariga bo‘linadi:
- Birinchi sinfga xomashyo, yarimfabrikatlar, materiallar, yonilg'i, oziq-ovqat, o‘g'it va boshqalar kiradi (bu mahsulotlardan turlicha foydalaniladi).
- Ikkinchi sinfga resurslari ishlatiladigan mahsulotlar kiradi: mashina, pribor, videotexnika va h.k.
- Mahsulotlar guruhlar bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi.
- 1- guruh: Xom ashyo va yoqilg'ilar, rudalar va ularning konsentratlari, tabiiy qurilish materiallari va h.k.
- 2- guruh: Moylash materiallari, zagotovkalar, prokatlar, har xil kimyoviy mahsulotlar, tibbiyot dorilari va h.k.
- 3- guruh: Atir-upalar, konservalar (bankalarda), ballondagi gazlar va h.k.
- 4- guruh: Ta'mirlanmaydigan buyumlar: elektrovakuumli va yarim o‘tkazgichli priborlar, rezistorlar, kondensatorlar, keramik plitalar va h.k.
- 5- guruh: Ta'mirlanadigan buyumlar (mashinalar, mebel va boshqalar).
- Mahsulotlarni sinflar va guruhlarga bo‘lishdan maqsad ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashni hamda standart tuzishni yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |