Muvofiqlini baholash to’g’risida
Download 26.67 Kb.
|
Muvofiqlikni baholashning qonuniy asoslari. “Muvofiqlini baholash to’g’risida”gi qonunning umumiy qoidalr va maqsadi
Muvofiqlikni baholashning qonuniy asoslari. “Muvofiqlini baholash to’g’risida”gi qonunning umumiy qoidalr va maqsadi Reja:
Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonunning qisqacha ma’lumoti Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari Muvofiqlikni baholashning asosiy tamoyillari ISOG’IEC 60 xalqaro qo’llanmasida keltirilgan. Muvofiqlikni baholash faoliyatida qatnashuvchi barcha tashkilotlar, jumladan, muvofiqlikni baholash va akkreditlashtirish bo’yicha idoralar quyidagi shartlarni bajarishlari lozim: xalqaro standartlar va ISOG’IEC qo’llanmalariga asoslanib, o’z faoliyatlarini olib borishi; o’zining texnik layoqatligini saqlab turish, ya’ni muvofiqlikni baholash natijalarining tan olinishini soddalashtirish va mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarni o’rnatilgan talablarga muvofiqligini etarli darajada kafolatlashi; barcha maxfiy ma’lumotlarni himoyalashi; o’z faoliyatini kasbiy halollik bilan amalga oshirishi, odob-axloq tamoyillariga rioya qilish va kamsitmaslikka qaratilgan tarzda, shuningdek, tomonlarning barcha nizolaridan o’zini chetga olishi; adolatli va samarali tarzda tezkorlik bilan ishlashi, talabnomani ko’rib chiqishi va baholashni bajarishi; shikoyat yoki apellyatsiya holatlarini ko’rib chiqishda adolatli va samarali tarzda, tezkorlik bilan to’g’rilovchi amallarni amalga oshirishi zarur; muvofiqlikni baholash, muvofiqlik guvohnomasini berish haqidagi tasdiqlovchi qaror yoki uning rad etilishi, bekor qilish, to’xtatish va faoliyatga chek qo’yish bo’yicha faoliyatlari haqidagi yozuvlarni yuritish hamda saqlashi; barcha arizachilarga taklif etilayotgan xizmatlar va uning uchun to’lov shartlari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga tayyorligi hamda beriladigan sertifikatlar, akkreditlash sohasi va h.lar to’g’risida ma’lumotlar mavjudligi; o’zining layoqatliligini muvofiq mexanizmlar (masalan, akkreditlash, ekspert baholash)dan foydalanish yo’li bilan namoyish qilishi; muvofiqlikni baholash jarayoni haqida muvofiq hujjatlashtirilgan ko’rsatma bilan hisobotni, zaruriyat bo’lsa, aniqlangan nomuvofiqliklarni yoki talab qilingan to’g’rilovchi amallarni arizachiga taqdim etishi; muvofiqlik belgisidan foydalanilgan holatlarda bu belgi bilan bog’liq bo’lgan noto’g’ri foydalanishlardan himoya qilish uchun qo’llash qoidalari yoki shartlarini ta’minlashi; rivojlanayotgan mamlakatlar ishtiroki bilan bog’liq bo’lgan muammolarni va rivojlangan mamlakatlar faoliyati natijalaridan foydalanishni hisobga olish. Asos soluvchi ISOG’IEC 17000 xalqaro standarti bo’yicha muvofiqlikni baholash bu “mahsulot, jarayon, tizim, shaxs yoki idoralarga berilgan talablarning bajarilishini asoslash yoki isbotlash” deb ifodalangan. Bunda muvofiqlikni baholash deganda sinov, nazorat, muvofiqlikni tasdiqlash hamda muvofiqlikni baholash bo’yicha akkreditlangan idoralar kabi faoliyat turlari tushuniladi. Sinov laboratoriyalari, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar va nazorat idoralari hamda muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarni akkreditlashda idoralarning muvofiqlikni baholash bo’yicha amalga oshirayotgan faoliyatlari muvofiqlashtiriladi. “Muvofiqlikni tasdiqlash” jarayoni “arizani, ob’ektni tekshiruvdan so’ng belgilangan talablarni bajarishini isbotlanganligi to’g’risidagi qaror qabul qilinganligi asosida (sertifikat ko’rinishida rasmiy hujjat yoki muvofiqligi to’g’risida deklaratsiya) berish” sifatida ifodalangan jarayondir. ISOG’IEC 17000 standarti bo’yicha akkreditatsiya bu “muvofiqlikni tasdiqlovchi uchinchi tomon, muvofiqlikni baholash bo’yicha idoraga tegishli bo’lib, muvofiqlikni baholash bo’yicha muayyan topshiriqlarni bajarish uchun uning layoqatliligini rasmiy isbotlashga xizmat qiladi”. Download 26.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling