Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Download 49.84 Kb.
bet2/9
Sana06.04.2023
Hajmi49.84 Kb.
#1335780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muvozanat modeli. Reja Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozana

Kurs ishining asosiy maqsadi.O’zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy muvozanatni Keyns nazariyasi asosida yanada yaxshilshni nazariy jihatdan asoslab berish hisoblanadi.
Kurs ishi tarkibi. Mazkur ish “Kirish”, 4ta Asosiy qism, “Xulosa” hamda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


  1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.

1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi.Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to’liqbo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish haqqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning bekarorligiga olib keladi.Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi.
Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish haqqi miqdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir.
Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar miqdorini aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chikdi.

Download 49.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling