Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar


Download 49.84 Kb.
bet3/9
Sana06.04.2023
Hajmi49.84 Kb.
#1335780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Muvozanat modeli. Reja Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozana

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun xam Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iqtisodiyotda faqatgina to’liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iqtisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshqa sub`ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish haqqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to’liqbandlilgini ta`minlab turadi.Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan.

Download 49.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling