Muvozanat modeli. Reja: Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari
ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori miqdori
Download 49.84 Kb.
|
Muvozanat modeli. Reja Kirish Keynsning makroiqtisodiy muvozana
- Bu sahifa navigatsiya:
- ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori miqdori.
- Klassik dixotomiya
ΔU=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori miqdoriYAIMni to’liqbandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.Agarda, ishlab chiqarish Haqiqiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortikcha xisoblanadi. Jami talabning ortikchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab xajmining jami taklif xajmidan kiska muddatda katta bo`lishi oqibatida Haqiqiy va potentsial YAIM xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf kilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha kilib aytganda jami talabni cheklash zarur.
ΔU= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini kiska muddatli makroiqtisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o`larok bu modelda baxolar darajasi va ish haqqi o`zgarmas miqdorlar xisoblanadi. Ayni shusababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra iqtisodiyotda faqatgina to’liqbandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra mexnat taksimotiga asoslangan iqtisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o`zida boshqa sub`ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab xisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish haqqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funktsiyasi xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to’liqbandlilgini ta`minlab turadi.Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida amal qiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali ta`minlab turadi deb xisoblanadi.Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to’liqbandlik sharoitini ta`minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuktasida ishlab chiqarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari miqdorida investitsiya kilishsa, ishlab chiqarish xamda bandlik darajalari doimiy bo`lib koladi. Klassik iqtisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi.SHuning uchun xam to’liqbandlik mavjud bo`ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kiska muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb xisoblashadi. Download 49.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling