Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti dasturiy injiniring


Download 0.72 Mb.
bet9/23
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#258206
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Hisobot

Matematik funksiyalar

t/r

Funksiya

Vazifasi

1.

ФАКТР

argument sifatida berilgan butun son faktorialini hisoblaydi

2.

ABS

argument qiymatining modulini hisoblaydi

3.

LN

sonning natural logarifmini hisoblaydi

4.

EXP

sonning eksponentasini hisoblaydi

5.

SIN

sonning sinusini hisoblaydi

6.

COS

sonning kosinusini hisoblaydi

7.

TAN

sonning tangensini hisoblaydi (radianda)

8.

НОД

ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi

9.

НОК

ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi

10.

ОКРУГЛ

haqiqiy sonni yaxlitlaydi

11.

СУММ

ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini

hisoblaydi



12.

ПРОИЗВЕД

Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini hisoblaydi

13.

ЗНАК

Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol bo‘lsa 0 ni chiqaradi

14.

КОРЕНЬ

Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi

FUNKSIYA ARGUMENTI OYNASI

MSExcel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan keskin farq qilishi mumkinligidan ularning argumentlari ham o‘z navbatida turli ko‘rinishda berilishi mumkin.



Masalan, Математическиефункции qismida cos(x) funksiyasida argument bitta haqiqiy qiymatdan iborat bo‘ladi va burchakning qiymati radianda beriladi:

Логические функции qismidagi ЕСЛИ funksiyasida argument mantiqiy ifoda bo‘lib, uning faqat ikkita qiymati (“rost” yoki “yolg‘on”)ga ko‘ra ikki xil natijaga ega bo‘lishimiz mumkin:
Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib Найти tugmasi yordamida izlab topiladi, ikkinchi qadamda ushbu funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar beriladi. So‘ngra tanlab olingan funksiya kerakli katakka joylashtiriladi:

1-mashq.log5 25 ifodaning qiymatini hisoblang. Bajarish:

  • MS Excel 2010 tasmasidan tugmasi tanlanadi;

  • Мастерфункций oynasidan logarifmni hisoblash Log funksiyasi tanlanadi;

  • Число qatoriga 25 soni, Основание qatoriga esa, 5 soni kiritilib, OK tugmasi bosiladi:

FORMULALAR SATRIDAN FOYDALANISH
Formulalar satri joriy katakdagi qiymatning formulasini ko‘rish yoki ushbu katakka ma’lumotlar va formulalar kiritish uchun mo‘ljallangan:
Oynadagi - tugma amalni inkor qilish, - tugma kutubxonaga murojaat qilish vazifasini bajaradi.

1-mashq.Formulalar satridan foydalanib quyidagi ma’lumotli jadval tayyorlang. Hisob ishlarini formulalar satridan foydalanib bajaring. Korxonaning xizmat safari xarajatlari (ming so‘m hisobida):
Mazkur masala uchun “Jami xarajat” bandi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Jami xarajat” = (2* “yo‘l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik xarajat” )* “Kishilar soni” Bajarish:



  • ustun va satrlar kengligi yetarli bo‘lmaganligi sababli uni kerakli miqdorda o‘zgartiramiz.

  • kataklarni kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz:




  • Файл bo‘limidan Сохранить как bandini tanlaymiz va Имя файла qatoriga fayl nomini, masalan “comras .xlsx”ni kiritamiz.

  • diskdan jadvalni yuklash uchun Файл bo‘limidan Открыть bandini tanlaymiz. Файл ro‘yxatidan kerakli faylni tanlab (xususan, “comras.xlsx”) sichqoncha tugmasi bosiladi.

  • G2 katakka quyidagi formulani kiritamiz:

=(2*C2+D2*E2)*F2

  • qolgan satrlari uchun ham xuddi shu kabi formulalarni kiritiladi:




Matnli va mantiqiy funksiyalar.

MS Excel 2010 dakataklardagi matnlar bilan ishlash uchun maxsus funksiyalar mavjud. Bular quyidagilar:



1.

Funksiya

Vazifasi

2.

БАТТЕКСТ

Sonni matnga almashtiradi

3.

ДЛСТР

Matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi

4.

ЗАМЕНИТЬ

Matnning belgilangan joyini yangi matnga almashtiradi;

5.

ЗНАЧЕН

Matn ko‘rinishdagi sonni songa o‘tkazadi;

6.

ПОВТОР

Matnni n marta takrorlaydi;

7.

СЦЕПИТЬ

Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi.

1-mashq. Uchta katakda o‘quvchilarni familiyasi, ismi, otasining ismi yozilgan ma’lumotlarni bitta katakka birlashtirish.

Bajarish: Ushbu masalani yechishning ikki xil usuli mavjud:

Birinchi usul:



  • B1 katakka o‘quvchining familiyasi, C1 katakka ismi, D1 katakka otasining ismi kiritiladi;

  • E1 katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1) kiritilib, Enter tugma bosiladi;

  • qolgan kataklarga ushbu formula nusxa ko‘chiriladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Ikkinchi usul:

Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘ldirib olamiz;

E1 katakka ushbu formula =B1&" "&C1&" "&D1 kiritilib, Enter tugma bosiladi.

Agar o‘quvchining familiyasi Лист1 varag‘ining B1 katagida, ismi Лист2 varag‘ining B1 katagida, otasini ismi Лист3 varag‘ining B1 katagida berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni Лист4 varag‘ida hosil qilish uchun istalgan katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(Лист1!B1;"



";Лист2!B1;" ";Лист3!B1) kiritilib, Enter tugma bosiladi.








YODDA SAQLANG !

Excel elektron jadvalida B2:C5 ifoda kataklar blokini bildiradi. 8 ta katakni blokka oladi. Agar B2;C5 ko‘rinishda bo‘lsa 2 ta katakni belgilaydi.






Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish mumkin.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling