Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlar


Download 26.91 Kb.
bet4/4
Sana26.08.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1670371
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Dusimmetova


4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlar


Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbatdan iborat bo’ladi.Ishlab chiqarishning samaradorligi olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi.
Ya‘ni: I/ch = F x 100% (3).
RхС = M х 100 % (4).
Samaradorlik qanchalik yuqori bo’lsa, olinadigan foyda va foyda normasi oshib boradi.Ya‘ni: R’ = F x 100 % (5).
Bunda: R’- foyda normasi; IX - iqtisodiy resurs xarajatlari; F -foyda.
Samaradorlikning bosh mezoni haqida foyda, boshqalari esa yalpi milliy mahsulot, sof mahsulot, milliy daromad, qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar.
Ko’pchilik olimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya‘ni рентабеллик foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb ko’rsatadilar.Ishlab chiqarishda qatnashadigan omillarning unumdorligi, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bosh mezonlardan biri mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi. Bu esa sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Ya‘ni: MU= M/V (6).Bunda: MU- mehnat unumdorligi; M - yaratilgan mahsulot; V - sarflangan vaqt.Mehnat unumdorligi – bu sarflangan inson mehnatining har bir birligi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Vaqt birligi ish kuni, ish soatidan iborat bo’ladi.Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligidan foydalanish mumkin.Ya‘ni: KU = M/K; KU= YaD/K; KU= F/K;Bunda: KU - kapital unumdorligi, M – mahsulot, K - ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdori:Samaradorlikni anqilashda ko’rsatib o’tilgan mezonlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlardan ham foydalaniladi. Bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, moddiy ashyolar, energiya miqdorini hisobiga olinadi.
Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Ishchi kuchi salohiyati;
2. Fan-texnika taraqqiyoti va uning yangiliklari;
3. Ilg’or texnologiya;
4. Ishlab chiqarish sarflarini tejash;
5. Iqtisodiyotni tarkibiy tuzilish va ratsional joylashtirish;
6. Ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi;
7. Tabiiy, modiy va mehnat resurslaridan tejash va tejamkorlik bilan foydalanish;
8. Sub‘ektlarni ya‘ni ishlab chiqaruvchilarni moddiy rag’batlantirish.
9. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash.
10. Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo’llash.
Samaradorlikni asosida mashinalashgan mehnat turadi, uni fan texnika va inson yaratadi. Fan texnika taraqqiyotini ikkita yo’li bor:
1. Evolyutsion yo’lidir - mavjud texnika texnologiya asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalashtiriladi, rivojlanish asta-sekinlik bilan amalga oshirib boriladi.
2. Revolyutsion yo’ldan rivojlanish – bu fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar qilinadi, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi, shu tufayli yuqori samaradorlikka erishiladi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligi sobiq Prezidentimiz I.Karimov asarlarida ko’rsatib o’tilgan.Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishchi kuchi - mehnat qilishga yaroqli bo’lgan insonning jismoniy va aqliy mehnatining majmuidir.Mehnat predmetlari – inson mehnati ta‘sir etadigan, ya‘ni mahsulot tayyorlanadigan barcha narsalardir. Masalan yer, suv, xom ashyo, barcha materiallardan tashkil topadi.
Mehnat qurollari – bu insonni tabiatga, mehnat predmetlariga ta‘sir ko’rsatishda qo’llaniladigan (ishlatiladigan) vositalar-narsalardir. Ya‘ni: mashinalar, stanoklar, asboblar, traktorlar, uskunalar, arra, bolta va boshqalardan tashkil topadi.
Kapital – bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoq va sohalarda ishlatilib, o’z egasiga daromad keltiradigan tovarlar, ishlab chiqarish vositalari va pul mablag’laridir.
Tabiiy resurslar - yer-suv, unumdor tuproq, o’rmon, qazilma boyliklar, utloqlar foydalanishga tortilsa, ular ham daromad keltiradi.
Tadbirkorlik – bu insonning yaratuvchilik faoliyati bo’lib, uni amalga oshirish uchun insonda tashabbus, tashkilotchilik ishbilarmonlik qobiliyatlari bo’lishi kerak va iqtisodiy xaf-xatardan, tavakkalchilik hamda javobgarlikdan ham cho’chimasligi lozim degan ma‘noni bildiradi.
Ishlab chiqarish jarayoni – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, o’zini va insonlarni iste‘moliga zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratish maqsadida o’z qobiliyatini ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishidir. Ishlab chiqarish tufayli iste‘mol qiymat va qiymat yaratiladi.
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi - bu ishlab chiqarishga sarf qilingan resurslar xarajatlari bilan hosil qilingan daromadlar o’rtasidagi nisbatdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot – bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning (ishchi, xizmatchi, dehqon, fermer va h.k) zaruriy ish vaqtida yaratgan va ularni ishchi kuchini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulotlardan iboratdir.
Qo’shimcha mahsulot - bu ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning qo’shimcha ish vaqtida yaratilgan mahsulotidir. U sof mahsulotining zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismi bo’lib, tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishli bo’ladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi - bu ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikdan iborat.
Qo’shilgan kapital - bu ishlab chiqarishda band bo’lgan kapital miqdoriga yangi qushimcha ravishda qo’shilgan kapital yoki kapital yoki kapital miqdorining o’sgan qismidir.
O’rtacha mahsulot - ishlab chiqarishga jalb qilingan to’g’ri keladigan mahsulot miqdoridan iborat.
So’nggi qo’shilgan mahsulot - so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga kupaygan (o’sgan) mahsulotni bildiradi.
Xulosa
Ma’Iumki, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar jamiyatidagina sanoatning turli texnika va texnologiyalari rivojlangan bo'lib, sifatli, arzon va raqobatbardosh xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish mezoni yuqori bo'ladi. Hozirgi paytda mustaqil O'zbekistommiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri — xalq xo‘jaligining texnik-iqtisodiy taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. Shimdagina xalqimizni tobora o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to'la qondirish mumkin bo'ladi. Bu borada mashinasozlik sanoatining ahamiyati g'oyat katta. Chunki xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarinmg taraqqiyoti mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga bog'liq. Shu bois ham, mashinasozlik rivojlanish darajasiga qarab mamlakatlar qudrati haqida fikr yuritiladi. Respublikamiz moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda mashinasozlik asosiy o'rin egallaydi. Mashinasozlik xalq xo'jaligining barcha sohalarini o'z mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Mashinaga qo'yiladigan talablar uning vazifasiga bog'liq bo'ladi. Bu talablar umuman mashinalami va uning ayrim detallarini loyihalash hamda tayyorlashda hisobga olinadi. Eng yaxshi mashinalarga ega bo'lish uchun ulami loyihalashda fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan unumli foydalanish zarur. Shuning uchun bu borada har bir loyihachi, har bir muhandis mashina detallarining tuzilishini, ularning hisoblash usulini yaxshi bilmog'i darkor. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis, mutaxassis hamda olimning vazifasi zamonimiz talabiga to'la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffitsiyenti yuqori bo'lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular qismlarining mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishda chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo'yilgan talablarni to'la qondiradigan bo'lishiga erishish kerak.
Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling