Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni


Download 26.91 Kb.
bet3/4
Sana26.08.2023
Hajmi26.91 Kb.
#1670371
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Dusimmetova

2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.


Ishlab chiqarish jarayoni - bu insonlarning o’z iste‘mollari uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq bo’lgan faoliyatlar majmuasidir. Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir.Ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi. Moddiy ishlab chiqarish sohalariga (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne‘matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma‘naviy ne‘matlar yaratiladi (ta‘lim, sog’liqni saqlash, sport, turizm va h ). Bu sohalar bir-biri bilan uzviy bog’langan holda rivojlanadi. Masalan, O’zbekistonda 2007 yilda ishlab chiqarilgan tovarlar qiymati yalpi ichki mahsulotda 13529,4 mlrd yoki 48,0 foiz, ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 11979,1 mlrd yoki 42,5 foizni tashkil etgan edi. Sof soliqlar esa 2677,7 mlrd so’m yoki 9,5 foiz bo’lgan edi.

3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari


Ma‘lumki, ishlab chiqarish ijtimoiy bo’lib, barcha resurslar harakatga keltiriladi, natijada juda kup turdagi tovarlar va xizmatlar yaratiladi, ularni barcha massasi yalpi ijtimoiy mahsulotni hosil qiladi.Jami tovarlar va xizmatlar, ya‘ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi deyiladi. Mamlakatda yil davomida yaratilgan milliy mahsulot natural jihatdan uch qismdan iborat bo’ladi: ishlab chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari va turli xildagi xizmatlardan iborat.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga utgan qismi (S);
2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar, va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (J);
3. Yangidan yaratilgan mahsulotning bir qismi, ishchilarga tegishli qismi zaruriy mahsulot qiymati (Ya) dan iboratdir.
T=C+Ya+J(1)ni tashkil etadi.Yaratilgan mahsulotdan iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiyomati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi.
YaIM - Aa=SMM (2) bo’ladi.Sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muhandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy (ZM) va qo’shimcha (QM) mahsulotdan iboratdir.
Zaruriy mahsulot - bu ishchi va xizmatchilar tomonidan ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratiladi va ularga ish haqi, mehnat haqi ko’rinishida beriladi.Ish haqi - ish kuchini qayta tiklash va takror ishlab chiqarish va oila a‘zolari ehtiyojlariga sarflanadi.Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi bo’lib, ishchi tomonidan qo’shimcha mehnat bilan yaratiladi.
1. Ishchilar sonini ko’paytirish;
2. Ish kunini uzaytirish;
3. Ish kuni chegarasi o’zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish hisobidan qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirishdir.Ish kunini o’zgartirish yo’li bilan olingan qo’shimcha mahsulot абсолют qo’shimcha mahsulot deyiladi.
Ish kunini o’zgartirmasdan zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo’shimcha ish vaqtini ko’paytirish hisobiga olingan qo’shimcha mahsulot esa nisbiy qo’shimcha mahsulot deb ataladi.Yil davomida olingan barcha qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi qo’shimcha mahsulot massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbatini foizda ifodalanishi qo’shimcha mahsulot normasi deyiladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin.M’ = M x 100 % (1)
Bunda: M’ – qo’shimcha mahsulot normasi; M - qo’shimcha mahsulot massasi;
V - zaruriy mahsulotni bildiradi.Ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o’rtasidagi bog’liqlikni ishlab chiqarish funktsiyasi deyiladi.
Ya‘ni: M = F (E, K, I) (2) dan iborat bo’ladi.
Bunda: ishlab chiqarish funktsiyasi – M; yer - Ye, kapital – K; ishchi kuchi - I bilan belgilangan.

Download 26.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling