Muxammadaliyev sunnatilloning


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana17.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1025700
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Interaktiv texnologiyalar va ulardan foydalanish (1)

 


18 
XULOSA 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning 
samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib 
bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar talabalar 
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil 
qilishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, 
boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida 
talaba asosiy figuraga aylanadi.
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi 
o‘qituvchining bu jarayonida asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. Bu esa talabadan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy 
sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnololgiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida 
qo‘llanilishi shaxsiyxarakterdan kelib chiqqan holda, talabani kim o‘qitayotganligi 
va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.
Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning 
muhim hayotiy yutuq va mummolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga 
intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga 
imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi 
oldidagi mummolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va 
o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul 
qiluvchi, mustaqil va erkin firlaydigan shaxslar kerak. 
Shuning uchun ham ta’lim muassalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida 
zamonaviy o‘qitish uslublari - interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning 
o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limida 
qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba talaba (yoki o‘quvchi)larni bilimli va yetuk 


19 
malakaga ega bo;lishlarini ta’minlaydi. Informatika va axborot texnologiyalari 
fani o‘quv mashg‘ulotlarni interfaol metodlardan foydalanib tashkil etish, talaba-
o‘quvchilardagi bilim va ko‘nikmalarni, ularning fikrlash qobilyatini, hozir 
javoblilik darajasini o‘sishiga sababchi bo‘lmoqda. O‘qituvchi tomonidan 
rejalashtirilgan maqsadga, kafolotli natija erishish koeffetsenti oshadi. Ta’lim 
beruvchi (o‘qituvchi) o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda uni olib borishda, 
asosan texnologik xaritani auditoriya holatidan, undagi o‘quv va texnik 
vositalarning barqarorligidan kelib chiqib rejalashtirmog‘i va tuzmog‘i lozim.
Ta’limni tashkil etishda kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichlari 
talablariga binonan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, turli xil metodlardan 
foydalanilganda ta’lim oluvchilarning faolligi oshadi, darsga bo‘lgan qiziqishi 
ortadi, muloqotga kirishish ko‘nikmasi shakllanadi. Metodning mohiyati shundan 
iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. 
Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, 
ijobiy, salbiy tomonlari, afzalliklari va kamchiliklari, foyda va zararlari 
belgilanadi. Bu interfaol metodlar tanqidiy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli 
rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham 
bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Informatika fanini o‘qitishda 
ilg‘or 
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Tajriba 
mashg‘ulotlari bevosita kompyuter bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. 
Ushbu kurs ishi “Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar 
yaratish texnologiyasi” deb nomlanib, u ikki bobdan, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi bobida ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va 
xususiyalari, an’anaviy va zamonaviy ta’limning yutuq va kamchiliklari
talabalarning bilimini baholash turlari va ularning avzallik hamda kamchiliklari 
haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bobda informatika fanining o‘quv 
mashg`ulotlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol usullar va ularning qo‘llash 
uslublari haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. 


20 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling