Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
89 1.8. Fermentlarni mikroorganizmlardan ajratib olish usullari REJA: 1. Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi; 2. Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni ekstratsiya qilish; 3. Vakuum bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirish; 4. Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash; 5. Cho‘ktirish usullari va uning nazariyasi. Qattiq yoki suyuq oziqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko‘p miqdorda ballast moddalar bo‘ladi. Fermentlarni ajratish va tozalash – ko‘p mehnat va xarajat talab qiluvchi jarayondtr. Agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi ko‘rinishida ishlatilsa u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida em – xashak tayyorlashda yoki fermalarda emlarni qayta ishlashda qo‘llash mumkin. Oziq ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, kraxmal va sharbat ekstratsiya qiluvchi) hamda engil sanoat, mo‘yna va mikrobiologik sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to‘liq tozalangan, ya’ni faqat toza ferment preparatlari ishlatiladi. Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib, filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq oziqa muhitda o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida preparatning umumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi ortadi, ya’ni uning ulushiy faolligi ortadi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling