Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni 
ekstraksiya qilish 
Hamma fermentlar asosan suvda eruvchandir. SHuning uchun eng yaxshi 
ekstragent bo‘lib suv hisoblanadi. Mikroorganizmlardan fermentlarni olish uchun 
ular maydalanib, hujayra devorlari mexanik yoki avtomatik holda buzilib, 
ekstraksiya jarayoniga jalb qilinadi. Bu usulda ham ho‘l holdagi, ham quruq 
holdagi mikroorganizmdan ferment eritmasini olish mumkin. 
Biomassadan ferment ekstraksiyasini to‘liq amalga oshirish uchun: harorat, 
pH, jarayon davomiligi, ekstraksiya uskunasining konstruktiv xususiyatlari
ajratilayotgan ferment tabiati va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq. Bu omillar 


93 
har bir produtsent misolida alohida taqiqodlar yordamida aniqlanadi va tavsiya 
etiladi. Masalan, harorat ekstraksiya jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni juda 
ko‘p fermentlar termolabil bo‘lib, hattoki, 35–40
0
S da inaktivatsiyaga uchraydi. 
Shuning uchun zavod sharoitida iloji boricha suvning harorati 22–25
0
S da 
ushlab turiladi va har xil mikroflora o‘smasligi uchun antiseptiklardan (formalin, 
benzol, toluol, xloroform va h.k) foydalaniladi. Ko‘pchilik hollarda fermentlarni 
pH 5–7 ko‘rsatgichda to‘liq ajratib olish mumkin. 
Bioshrot bilan fermentlarning kam isrofgarchiligi asosida quyuqlashtirilgan 
ekstraktlar olish uchun maxsus ekstraksiya uskunalarini ishlatish darkor. 
Yaqingacha diffuziyali batareyalar keng ko‘lamda ishlatilar edi. Bu qurilmada 
ekstraksiya qilingan mikroorganizm fermenti nisbatan ko‘p faollikni yo‘qotadi va 
qo‘l ishiga asoslangan holda ko‘p xarajat talab qiladi. SHu bilan birga kam 
samaradordir. SHuning uchun to‘xtovsiz ishlovchi ekstraksiya uskunalari ustida 
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bular jumlasiga ferment sanoatida bir muncha 
qiziqish uyg‘otgan yuqori bosimda ishlovchi “Niro Atomayzer” (YAponiya) 
firmasi va rotor tipidagi “Rouns–Dauns” firmasi ekstraktorlaridir. 
Lekin hozirgi vaqtda press–diffuziya jarayoniga asoslangan uskunalarga 
qaytish an’anasi kuzatilmoqda. Uning mohiyati shundaki, suvda ushlab turilgan 
kultura presslanadi va yana suvda tindirilib presslanadi va h.k. larga asoslanadi. 
Ehtimol ekstraksiyaning bu usuli kelajakda o‘z rivojini topishi mumkin. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling