Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash
Membranali tozalash usuliga dializ va elektrodializ, biromembranali usulga ega qaytariluvchan osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya kabilar kiradi. 95 Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish membranani modda massasiga qarab tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. Bu jarayon uchun yarim o‘tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar miqdorining farqi vujudga kelishi kerak. Dializ jarayoni ushbu tenglik bilan ifodalash mumkin: Q = D d S C bunda, Q – ma’lum vaqt ichida membranadan o‘tgan modda miqdori; D d – dializ koeffitsenti; S – membrana sirtining yuzasi; C – membrananing har ikki tomonidagi moddalar miqdorining farqi. Dializdan ferment preparatlarini kichik molekulali moddalardan tozalashda foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqalardan 60–100% gacha bo‘lgan miqdorda tozalashga erishish mumkin. Ayniqsa fermentlar yuqori miqdorli tuzlar bilan cho‘ktirilganda dializdan va elektrolizdan unumli foydalanish kerak. Lekin to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan fermentlarni va metallofermentlarni ajratishda elektrodializdan foydalanish mumkin emas, ya’ni ferment ushbu jarayonda o‘z faolligini yo‘qotadi. Dializ jarayoni juda sekin o‘tuvchi jarayondir hamda eritmaning miqdori ko‘p bo‘lganda, juda ko‘p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har xil ko‘rinishdagi yarim o‘tkazgich membranalar ishlatiladi: pergament, selofanning har xil turlari, ultrafiltratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalardir. Dializ usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Ba’zi ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin. Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta – kichikligiga qarab tabaqalanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos (F3x10 –4 mkm); ultrafiltratsiya (15x10 –5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 mkm) dir. Quyuqlashtirish va tozalashning osmos va ultrafiltratsiya usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq–ovqat, farmatsevtika va ferment sanoatlarida juda keng 96 tarqalgan. Eng asosiy jarayonni juda ham kam xarajatlar va energiya hisobiga olib borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni harorat ta’siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo‘lib, birvarakayiga eritma bir qancha ballast birikmalardan xona haroratida tozalanadi. Ushbu jarayon yuqori bosim ostida o‘tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu usulning ham asosiy elementi bo‘lib membranalar hisoblanadi. Hozirgi kunda selofanlardan, kauchik, polietilen, polistirol, sellyuloza va boshqa bir necha xil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda. Membranalar xususiyatiga ko‘ra 0,05–2 mkm li bir qavatli–izotrop va ikki qavatli– anizotrop turlariga bo‘linadi. “Amikon” firmasining (AQSH) “Millipor” va “Diaffo” membranalari juda ham mashhurdir va ular har xil sharoitlarga moslab ishlab chiqariladi, ya’ni ulardan foydalanish tarmoqlari juda ko‘pdir. Ultrafiltratsiya jarayoni ko‘p jihatdan uskunaning tuzilishiga va membranalarning texnik xususiyatlariga bog‘liqdir. Hozirgi kunda membranalar bir qancha rivojlangan davlatlarda, ya’ni AQSH (Akbor, Dyupon, Dorr–Oliver, Amikon, Xavenz), Fransiya (Ramikon, Dedremo) va boshqalarda ishlab chiqariladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling