Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinish yo`llarini tushuntiring? 2. Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni ekstratsiya 102 qilishning bosqichari nimalardan iborat? 3. Vakuum bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirishning ahamiyati nimadam iborat? 4. Ferment eritmalarini membranalar yordamida qanday tozalanadi? 5. Cho‘ktirish usullariga nimalar kiradi? 6. Organik birikmalar yordamida fermentlarni cho`ktirishning afzalliklari qanday? 7. Neytral tuzlar yordamida fermentlarni cho‘ktirish qanday olib boriladi? 8. Neytral tuzlar yordamida fermentlarni cho‘ktirishning qanday afzalliklari mavjud? 9. Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalashning qanday afzalliklari mavjud? 10. Suyuq ozuqa muhitidan fermentlar qanday ketma-ketlikda tozalanadi? 1.9. Fermentlarni tozalash usullari Fermentlar va boshqa oqsil moddalari har xil erimaydigan birikmalarga adsorbsiyalanish (so‘rilish) qobiliyatiga ega. Bu xususiyat oqsil aralashmalarini ajratishda va ayniqsa fermentlarni laboratoriya sharoitida tozalashda hamda gomogen bo‘lgan ferment preparatlarini olishda ishlatiladi. Adsorbsiya usuli, shu bilan birga kolonkali xromatografiya usullari fermentlarni yuqori darajada toza va ko‘p mikdorda olish imkonini beradi. Oqsillarning muhim adsorbenlari bo‘lib har xil ionalmashuvchilar, ya’ni kalsiy fosfat, alyuminiy gidroksid gellari va ma’lum tipdagi fermentlar uchun maxsus bo‘lgan har xil affin adsorbentlar hisoblanadi. Fermentlarni tozalash va oqsillarni ajratish texnologiyasi qanday tipdagi usulligiga qaramay quyidagilarga asoslanadi. Ferment maxsulotini o‘z tarkibiga olgan oqsillar aralashmasi ma’qul bo‘lgan erituvchida (buferda) eritiladi va shu erituvchi bilan muvozanatlangan kolonkaga yuboriladi. Keyin shu kolonkadan ma’lum tarkibga ega bo‘lgan buferni yoki miqdori o‘sib boruvchi gradientli yuvish eritmasi, yoki bo‘lmasa ushbu ferment 103 uchun maxsus bo‘lgan bog‘lovchi (ligand) yordamida oqsil bosqichma-bosqich yuvib olinadi. Kolonkadan yuvib olingan ferment preparatlari fraksiyalar tqplamida yig‘iladi va fermentning toza preparatini olish uchun boshlang‘ich material bo‘lib xizmat qiladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling