Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
Ishning borishi: 100 gr novvoy hamirturushini kvars qum bilan
hovonchada eziladi. Maydalangan massani shishaga yupqa qavat qilib joylashtiriladi va quruq havo oqimida quritiladi. Quritilgan hamirturushni kukun holatga keltiriladi. Saxarazani ajratib olish uchun olingan kukunga doimiy aralashtirib turgan holda 200 ml suv oz-oz miqdorda qo’shilib turiladi. Undan so’ng massani yana farfor hovonchada maydalaniladi va 3000 g tezlikda 10daqiqa ichida sentrifuga qilinadi (yoki filtr yordamida filtrlanadi). Musaffo filtrat kichkina hajmgacha kelguncha vakuumda 35 0 C haroratda quritiladi va -20 0 C da sovutilgan atsetonning 5 marotaba ko’proq hajmi qo’shiladi, aralashtiriladi va bir necha daqiqadan so’ng 3000g tezlikda sentrifuga qilinadi. Hosil bo’lgan cho’kmani 30 0 C haroratda quritiladi va hovonchada quruq holatga keltiriladi. Olingan saxaroza preparati uzoq vaqt salanadi. Antiseptik sifatida kukunga filtr qog’ozga o’ralgan timol kristali qo’shiladi. Saxarozani faolligini aniqlash uchun 2 ta probirkaga preparatning (0,01%li) suv eritmasi 0,5ml dan qo’shiladi. Birinchi probirkadagi fermentni parchalash uchun 3 115 daqiqa davomida qaynatiladi, so’ngra probirka sovutiladi. Keyin ikkala probirkaga 5% li saxaroza 3mldan qo’shiladi va probirkalar 10-15 daqiqaga 40 0 C haroratli suv hammomiga joylashtiriladi. Keyin har ikkala probirkalarga feling eritmasidan 2ml dan qo’shiladi, aralashtiriladi va qaynash holatigacha isitiladi. Kontrol probirkada (ferment qaynatilib parchalaniladi) mis oksid cho’kmasi (I) hosil bo’lmaydi. Faol fermenti bor probirkada mis oksid qizil cho’kmasi(I) hosil bo’ladi. Bu Cu +2 ionlarini oksidlanish darajasigacha keltiruvchi glyukoza va fruktoza borligini dalili bo’ladi. Bu moddalar (glyukoza va fruktoza) saxarozani (disaxaridni), gidrolizida hosil bo’ladi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling