Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Irsiy enzimopatiyalar. Hozirgi vaqtda 500 dan ortiq ferment yoki 
izofermentlarning genetik sintezlanishi buzilishi natijasida vujudga kelgan modda 
almashinuvining buzilishi bilan boradigan kasalliklar ma’lumdir. Bularga qon 
kasalliklari, gemolitik anemiya, koagulyatsiya va fibrinolizning buzilishi, uglevod, 
oqsil, aminokislota almashinuvining buzilishi kiradi. Enzimopatiyalar ichida asosiy 
o‘rinni to‘planish kasalliklari egallaydi, ular lizosomal fermentlarning 
yetishmasligi yoki kam sintezlanishi natijasida vujudga keladi (masalan: 
glikogenoz 1.4 – glyukozidaza fermentining yetishmasligi sababli, Farbi kasalligi – 
αgalaktozidaza fermentining yo‘qligidan va boshqalar). Bu kasalliklar 
umumlashtirilib, lizosomal kasalliklar deb ataladi. 
Fermentodiagnostika. Qonni plazmasida kasalliklarni tashxis qilish 
maqsadida fermentlarni aniqlash. Qon plazmasining ferment tarkibi sog‘lom 
organizmda doimiy bo‘lib, ayrim patologik holatlarning vujudga kelishida sezgir 
va nozik indikator hisoblanadi. Turli holatlarda kuzatiladi: · Giperfermentemiya. · 
Gipofermentemiya. · Disfermentemiya. Tashxisning fermentativ usullari tibbiyotda 


109 
ishonchli vositalardan hisoblanadi va shifokorga, qiyin holatlarda to‘g‘ri qaror 
qabul qilishga yordam beradi. 
Fermentativ tahlil o‘ta nozik jarayon bo‘lib, boshqa diagnostik testlardan 
qolishmaydi. Shuning uchun, hozirgi vaqtda qon plazmasidagi fermentlarning 
faolligini aniqlashda, kasalliklarga tashxis qo‘yishda keng foydalanilmoqda. 
Hozirgi vaqtda fermentativ tahlil avtomatlashtirilgan va maxsus apparatlarda 
o‘tkaziladi. Bunday apparatlarga «Texnikon», «Lab – sistema» va boshqalar kirib, 
ular orqali bir ish kuni davomida ikki yuzga yaqin kasallikni aniqlash mumkin. 
Tashxisning fermentativ usullari boshqa tashxis usullaridan farqli ravishda 
spetsifik bo‘lib, kasallikning turli bosqichlarida foydalaniladi. Bu usullar quyidagi 
afzalliklarga egadirlar: qondagi ferment spektorlarining yuqori darajadagi a’zoga 
nisbatan spetsifikligi. Qonda qator fermentlar faolligining ortishi hayot uchun 
muhim bo‘lgan a’zolarning og‘ir jarohatlanishi, hujayralarning halok bo‘lishi, 
membranalar o‘tkazuvchanligining buzilishi haqida xabar berishi mumkin. Bunday 
fermentlarga kiradi: 
LDG, β-oksibutiratDG, izotsitratDG, MDG, α-
glitseratdegidrogenaza, fosfogeksoizomeraza, 1,6 – fruktozodifosfataza, AST, ALT 
va boshqalar. Hozirgi vaqtda ayrim kasalliklarning ishonchli ferment 
simptomlarini aniqlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: o‘tkir gepatitlar 
AST va ALTlarning faolligi oshishi bilan xarakterlanadi. Mexanik (obturatsion) 
sariqlik uchun ishqoriy fosfataza, aminotransferazalar faolligining oshishi xosdir. 
Qonda fermentlar faolligini aniqlash differensial-diagnostik ahamiyatga egadir. 
Fermentodiagnostika yordamida infarkt miokard yurak faoliyati funksional 
o‘zgarishlaridan farqlanadi. Yurak infarkt miokardi uchun LDG, AST, izotsitrat–
DG, 1,6 – fruktozo–difosfataldolaza va kreatinkinazalar faolligining oshishi 
xarakterlidir. Ferment testlarining izofermentlarini aniqlash orqali tashxis 
qiymatini oshirish mumkin. Qon va orqa miya suyuqligida glikoliz, aminokislota 
almashinuvi fermentlarini aniqlash, o‘simtalar bilan jarohatlanishning tashxis 
imkoniyatlarini kengaytiradi va biopsiya materialida biokimyoviy o‘zgarishlarni 
topish morfologik o‘zgarishlardan avval vujudga kelishini hisobga olganda bu 
kasalliklarga barvaqt tashxis qilishga imkoni tug‘iladi. Turli kelib chiqish 


110 
sabablariga ega bo‘lgan leykozlarni tashxis qilishda purin nukleotidlari 
almashinuvida ishtirok etadigan adenaza fermentining faolligi trombotsitlarda 
aniqlanadi. Ushbu ferment sog‘lom odamlar trombotsitida bo‘lmaydi va faqat 
leykozdagina mavjuddir. Bu test kasallikni boshlang‘ich davrida aniqlashga imkon 
beradi va o‘z
vaqtida davolashni o‘tkazish mumkin. Davolashning samaradorligini 
ham trombotsitlarda adenazaning faolligini aniqlash orqali ko‘rish mumkin. 
Davolash yaxshi natija bersa fermentning faolligi sezilarli darajada pasayadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling