Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
8. Oquv qollanma Enzimologiya final
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.10. Enzimologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati Reja: 1. Enzimopatologiya. 2. Enzimodiagnostika. 3. Enzimoterapiya. Enzimopatologiya.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Fermentlarni tozalashning qanday amaliy ahamiyati mavjud? 2. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlar qanday tozalanadi? 3. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday samarasi bor? 4. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlar qanday tozalanadi? 5. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday samarasi mavjud? 6. Gelfiltratsiya usulidan qanday hollarda fermentlar tozalanadi? 107 7. Gel xramotografiya usulidan qanday hollarda fermentlar tozalanadi? 8. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday kamchiliklar mavjud? 9. Gel xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday kamchiliklar mavjud? 10. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday kamchiliklar mavjud? 1.10. Enzimologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati Reja: 1. Enzimopatologiya. 2. Enzimodiagnostika. 3. Enzimoterapiya. Enzimopatologiya. Ko‘pchilik kasalliklarning rivojlanish mexanizmi to‘qima va a’zolarda fermentlar faolligining o‘zgarishiga asoslangandir. Ma’lum guruh kasalliklar borki, ularda organizmning normal ferment statusi o‘zgargan bo‘ladi. Kasalliklarda fermentlar faolligining o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 1. Fermentativ jarayon ayrim zvenolarining konstitutsional pasayishi (irsiy enzimopatiyalar) natijasida fermentlar sintezining yo‘qolishi. 2. Fermentlar biosintezini pasaytiruvchi toksik omillar. 3. Alimentar omillar (vitamin, oqsil, mikroelementlarning yetishmasligi, ovqat ratsionida o‘zgarishlar). 4. Fermentativ jarayonlarning hujayra ichida sodir bo‘lishining buzilishi. Enzimopatologiya o‘z ichiga inson patologiyalarining deyarli barchasini oladi, chunki fermentativ o‘zgarishlar bo‘lmagan kasalliklarni mumkinligini tasavvur etish qiyin. Enzimopatologiya nuqtai nazaridan patologik jarayonning kelib chiqishini quyidagicha tasavvur etish mumkin: kasallikni vujudga keltiruvchi etiologik omil, bir yoki bir necha ferment sistemalarining ishini izdan chiqaradi. 108 Tegishli modda almashinuv jarayonlarining kechishi to‘xtaydi, natijada o‘ziga xos simptomga ega bo‘lgan kasallik vujudga keladi. Yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik patologiya, diabet, homiladorlar toksikozi, asab kasalliklari patogenezida a’zo va to‘qimalardagi oqsil, nuklein kislota, uglevod, lipid, aminokislotalar biokimyoviy o‘zgarishlarining yemirilib borishi isbotlangan. Pankreatit, kuyish travmasi, nefroz, allergik va boshqa kasalliklarda kallikrein – kinin sistemasi funksiyasining buzilishi aniqlangan. Enzimopatologiyani tekshirish bo‘yicha ishlar kengaymoqda, xususan patologik holatlarda fermentlar faolligi va sintezini boshqarishning o‘ziga xos tomonlari o‘rganilmoqda: Etiologik omil ↓ Ferment sistemalari ishining buzilishi ↓ Metabolik yo‘llarning bloklanishi ↓ Kasallikning rivojlanishi Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling