Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Fermentlarni tozalashning qanday amaliy ahamiyati mavjud? 
2. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlar qanday tozalanadi? 
3. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday 
samarasi bor? 
4. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlar qanday tozalanadi? 
5. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday 
samarasi mavjud? 
6. Gelfiltratsiya usulidan qanday hollarda fermentlar tozalanadi? 


107 
7. Gel xramotografiya usulidan qanday hollarda fermentlar tozalanadi? 
8. Affinli (biospetsifik) xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday 
kamchiliklar mavjud? 
9. Gel xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday kamchiliklar 
mavjud? 
10. Ionalmashuv xramotografiya usulida fermentlarni tozalashning qanday 
kamchiliklar mavjud? 
1.10. Enzimologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati 
Reja: 
1. Enzimopatologiya.
2. Enzimodiagnostika.
3. Enzimoterapiya.
Enzimopatologiya. Ko‘pchilik kasalliklarning rivojlanish mexanizmi 
to‘qima va a’zolarda fermentlar faolligining o‘zgarishiga asoslangandir. Ma’lum 
guruh kasalliklar borki, ularda organizmning normal ferment statusi o‘zgargan 
bo‘ladi.
Kasalliklarda fermentlar faolligining o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq 
bo‘ladi:
1. Fermentativ jarayon ayrim zvenolarining konstitutsional pasayishi (irsiy 
enzimopatiyalar) natijasida fermentlar sintezining yo‘qolishi.
2. Fermentlar biosintezini pasaytiruvchi toksik omillar.
3. Alimentar omillar (vitamin, oqsil, mikroelementlarning yetishmasligi, 
ovqat ratsionida o‘zgarishlar).
4. Fermentativ jarayonlarning hujayra ichida sodir bo‘lishining buzilishi. 
Enzimopatologiya o‘z ichiga inson patologiyalarining deyarli barchasini oladi
chunki fermentativ o‘zgarishlar bo‘lmagan kasalliklarni mumkinligini tasavvur 
etish qiyin. Enzimopatologiya nuqtai nazaridan patologik jarayonning kelib 
chiqishini quyidagicha tasavvur etish mumkin: kasallikni vujudga keltiruvchi 
etiologik omil, bir yoki bir necha ferment sistemalarining ishini izdan chiqaradi. 


108 
Tegishli modda almashinuv jarayonlarining kechishi to‘xtaydi, natijada o‘ziga xos 
simptomga ega bo‘lgan kasallik vujudga keladi.
Yurak qon-tomir kasalliklari, onkologik patologiya, diabet, homiladorlar 
toksikozi, asab kasalliklari patogenezida a’zo va to‘qimalardagi oqsil, nuklein 
kislota, uglevod, lipid, aminokislotalar biokimyoviy o‘zgarishlarining yemirilib 
borishi isbotlangan. Pankreatit, kuyish travmasi, nefroz, allergik va boshqa 
kasalliklarda kallikrein – kinin sistemasi funksiyasining buzilishi aniqlangan. 
Enzimopatologiyani tekshirish bo‘yicha ishlar kengaymoqda, xususan patologik 
holatlarda fermentlar faolligi va sintezini boshqarishning o‘ziga xos tomonlari 
o‘rganilmoqda: 
Etiologik omil 

Ferment sistemalari ishining buzilishi 

Metabolik yo‘llarning bloklanishi 
↓ 
Kasallikning rivojlanishi 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling