Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Gel xramotografiya usuli 
Preparativ enzimologiyada chidamli bo‘lmagan fermentlarni «yumshoq» 
(past haroratli) sharoitlarda ajratishdan ko‘p foydalaniladi, ya’ni bunda ferment 
butun tozalash jarayoni davomida eritma holida bo‘ladi. Bu usullar orasida eng 
keng tarqalgani gelfiltratsiya, elektroforez, izoelektrik fokuslash va boshqalardir. 
Ferment preparatlari texnologiyasida eng katta amaliy ahamiyatga ega 
bo‘lgani - gelfiltratsiyadir. "Gelfiltratsiya" jumlasi ancha qo‘polroq, lekin u ilmiy 
adabiyotda juda keng tarqalgan. Bu jarayonni amalga oshirish uchun destran 
asosida olingan gellardan foydalaniladi va ular yordamida o‘lchamiga qarab har xil 
makromolekulalarni tez ajratish mumkin. 
Gel ochiq holdagi ko‘ndalang tikilgan uch o‘lchamli molekula turi bo‘lib, 
kolonkalarni oson to‘ldirish uchun yumaloq donachalar (granula) ko‘rinishida 
bo‘ladi. Donachalarda kichik teshikchalari bo‘lib ularga faqat juda kichik 
molekulali birikmalar kirib, yirik molekulalar esa kirmaydi. Bu usul gellarning 
aynan ana shu xususiyatiga asoslangandir. 


106 
Bu usul fermentlarni tozalash va ajratishda nafaqat laboratoriya, balki sanoat 
miqyosida ham qo‘llaniladi. Gelfiltratsiya uchun ko‘ndalang tikilgan dekstran 
(sefadekslar va sefakrillar) gellaridan, ko‘ndalang tikilgan poliakrilamid gellaridan 
(biogellar), akrilamid polimer zanjiri yopishtirilgan agaroza gellardan (ultragellar) 
va boshqa qattiq ko‘ndalang tikilgan (CL-sefarozalar va S-sefakrillar) agaroza 
gellardan foydalaniladi. Kolonkada ferment eritmasining bir qismi gel donachalar 
orasida va bir qismi esa donachalarning teshikchalari ichida joylashadi. 
Gelfiltratsiya - bu tarqaluvchan xromatografiyaning bir shakli bo‘lib, 
eritilgan moddalar eritmaning bir muncha yuzada joylashgan harakatchan va ichki 
tomonida joylashgan kam harakatli qismlarida tarqalgan bo‘ladi. Kolonkada 
eritilgan moddaning ushlab qolinish darajasi uning gel teshikchalariga kira olish 
qobiliyatiga bog‘liqdir. Shuningdek, gelfiltratsiya jarayonida kolonkadan avval 
yuqori molekulali moddalar va keyin esa kichik molekulalilari birin-ketin chiqa 
boshlaydi, bunda gel molekulyar to‘r vazifasini bajaradi. Bu jarayon mukammal 
ravishda olib borilishi uchun, gel tayyorlangan material erigan birikmalar ta’siriga 
juda ham inert bo‘lishi kerak. 
Afsuski bugungi kunda ishlatilayotgan barcha gellar inert emas va ba’zan 
ma’lum pH ko‘rsatkichida ular so‘rish qobiliyatini namoyon qilishi mumkin. 
Masalan, shunday gellarga sefakrillarni kiritish mumkin. Gelfiltratsiya usuli bilan 
mayda gel donachalarida yuqori bosim ostida juda ko‘p har xil moddalarning, shu 
jumladan oqsillarning aralashmalari ajratilmoqda.

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling