Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Affinli (biospetsifik) xramotografiya usuli


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Affinli (biospetsifik) xramotografiya usuli 
Bu usul oqsil va fermentlarni tozalash va ajratishning adsorbsiya hodisasiga 
asoslangan usullari ichida alohida o‘rinni egallaydi. Ko‘pincha uni affinli 
xromatografiya yoki bioaffinli, yoki biospetsifik xromatografiya deyiladi. 
Ma’lumki barcha biologik faol birikmalar, xususan fermentlar ham ligandlar 
yoki affinli 
ligandlar deb nomlanadigan birikmalarga maxsus bog‘lanish 
xususiyatlariga egadir. Agarda shunday ligandlarni inert matritsaga kovalent 
bog‘lansa faqat kerakli fermentni ushlovchi va qolgan oqsil va moddalarni o‘tkazib 
yuboruvchi maxsus adsorbentni olish mumkin. 
Maxsus yuvuvchilardan yoki jarayon sharoitlari farqi asosida ligandni 
fermentga bo‘lgan xususiyatini o‘zgartirish yo‘li bilan oqsilni desorbsiyaga 
uchratib, tozalash natijasida bitta yuqori tozalikka ega bqlgan fermentni olish 
mumkindir. Lekin ligand va uni ushlab turuvchini tanlash juda qiyin vazifadir. 
Ko‘pchilik hollarda affinli adsorbentlarni sintez qilishda tozalanayotgan 
fermentning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. 
Bu jarayon boshqa qiyinchiliklarga ham ega. Masalan, sorbent yuqori 
spetsifiklikka ega bo‘lmay kerak bo‘lmagan boshqa fermentlarni ham ushlab 
qolishi va natijada fermentni bu murakkab kompleksdan ajratib olishni 


105 
qiyinlashtirishi ham mumkin. 
Affinli xromatografiya uchun har xil turdagi erimaydigan sorbentlardan 
foydalaniladi, lekin eng ko‘p tarqalgani ko‘ndalang qilib ulangan agaroza 
donachalaridir. Ular yuqori bosimda o‘z shaklini saqlaydi va buferlarni hamda 
erituvchilarni almashtirishga bardoshlidir. 
Ligandlarga bo‘lgan talablar esa juda qattiqligi bilan ajralib turadi, ya’ni ular 
matritsaga shunday bog‘langan bo‘lishi kerakki, oqsillar hech qiyinchiliksiz ularga 
kelib bog‘lanishi va buning uchun matritsa bilan ligand o‘rtasida ko‘prikcha bo‘lishi 
kerak. Bulardan tashqari ligand boshqa birikmalar bilan o‘zaro bog‘lanmasligi, faqat 
matritsaga bog‘langan va yuvish, regeneratsiya jarayonlariga chidamli bo‘lishi 
shartdir. 
Bu qo‘yilgan shartlarning oddiy ro‘yxati ham ushbu jarayonning murakkab 
va ko‘p mehnat sarf qilinishidan darak beradi. SHunga qaramay bu usul bilan 
o‘nlab fermentlar tozalangan, lekin ular hali ferment sanoatida keng tarqalmagan. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling