Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tozalanmagan
kompleks 
ferment 
preparatlarining 
olinish 
yo`llarini 
tushuntiring? 
2. Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni ekstratsiya 


102 
qilishning bosqichari nimalardan iborat? 
3. Vakuum bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirishning 
ahamiyati nimadam iborat? 
4. Ferment eritmalarini membranalar yordamida qanday tozalanadi? 
5. Cho‘ktirish usullariga nimalar kiradi? 
6. Organik birikmalar yordamida fermentlarni cho`ktirishning afzalliklari 
qanday? 
7. Neytral tuzlar yordamida fermentlarni cho‘ktirish qanday olib boriladi? 
8. Neytral tuzlar yordamida fermentlarni cho‘ktirishning qanday afzalliklari 
mavjud? 
9. Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalashning qanday afzalliklari 
mavjud?
10. Suyuq ozuqa muhitidan fermentlar qanday ketma-ketlikda tozalanadi? 
 
1.9. Fermentlarni tozalash usullari 
Fermentlar va boshqa oqsil moddalari har xil erimaydigan birikmalarga 
adsorbsiyalanish (so‘rilish) qobiliyatiga ega. Bu xususiyat oqsil aralashmalarini 
ajratishda va ayniqsa fermentlarni laboratoriya sharoitida tozalashda hamda 
gomogen bo‘lgan ferment preparatlarini olishda ishlatiladi. Adsorbsiya usuli, shu 
bilan birga kolonkali xromatografiya usullari fermentlarni yuqori darajada toza va 
ko‘p mikdorda olish imkonini beradi. 
Oqsillarning muhim adsorbenlari bo‘lib har xil ionalmashuvchilar, ya’ni 
kalsiy fosfat, alyuminiy gidroksid gellari va ma’lum tipdagi fermentlar uchun 
maxsus bo‘lgan har xil affin adsorbentlar hisoblanadi. Fermentlarni tozalash va 
oqsillarni ajratish texnologiyasi qanday tipdagi usulligiga qaramay quyidagilarga 
asoslanadi. 
Ferment maxsulotini o‘z tarkibiga olgan oqsillar aralashmasi ma’qul bo‘lgan 
erituvchida (buferda) eritiladi va shu erituvchi bilan muvozanatlangan kolonkaga 
yuboriladi. Keyin shu kolonkadan ma’lum tarkibga ega bo‘lgan buferni yoki 
miqdori o‘sib boruvchi gradientli yuvish eritmasi, yoki bo‘lmasa ushbu ferment 


103 
uchun maxsus bo‘lgan bog‘lovchi (ligand) yordamida oqsil bosqichma-bosqich 
yuvib olinadi. Kolonkadan yuvib olingan ferment preparatlari fraksiyalar 
tqplamida yig‘iladi va fermentning toza preparatini olish uchun boshlang‘ich 
material bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling