Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash 
Membranali tozalash usuliga dializ va elektrodializ, biromembranali usulga 
ega qaytariluvchan osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya 
kabilar kiradi. 


95 
Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish membranani modda massasiga 
qarab tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. Bu jarayon uchun yarim 
o‘tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar miqdorining farqi vujudga 
kelishi kerak. 
Dializ jarayoni ushbu tenglik bilan ifodalash mumkin: 
Q = D
d
S C 
bunda, Q – ma’lum vaqt ichida membranadan o‘tgan modda miqdori; D
d
– 
dializ koeffitsenti; S – membrana sirtining yuzasi; 
C – membrananing har ikki 
tomonidagi moddalar miqdorining farqi. 
Dializdan ferment preparatlarini kichik molekulali moddalardan tozalashda 
foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, aminokislotalar, mineral tuzlar 
va boshqalardan 60–100% gacha bo‘lgan miqdorda tozalashga erishish mumkin. 
Ayniqsa fermentlar yuqori miqdorli tuzlar bilan cho‘ktirilganda dializdan va 
elektrolizdan unumli foydalanish kerak. Lekin to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan 
fermentlarni va metallofermentlarni ajratishda elektrodializdan foydalanish 
mumkin emas, ya’ni ferment ushbu jarayonda o‘z faolligini yo‘qotadi. 
Dializ jarayoni juda sekin o‘tuvchi jarayondir hamda eritmaning miqdori 
ko‘p bo‘lganda, juda ko‘p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har 
xil ko‘rinishdagi yarim o‘tkazgich membranalar ishlatiladi: pergament, selofanning 
har xil turlari, ultrafiltratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalardir. 
Dializ usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli hozirgi kunda 
ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Ba’zi ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori 
tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin. 
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta – 
kichikligiga qarab tabaqalanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos (F3x10
–4
mkm); 
ultrafiltratsiya (15x10
–5
mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 
mkm) dir. Quyuqlashtirish va tozalashning osmos va ultrafiltratsiya usullari kimyo, 
neftni qayta ishlash, oziq–ovqat, farmatsevtika va ferment sanoatlarida juda keng 


96 
tarqalgan. Eng asosiy jarayonni juda ham kam xarajatlar va energiya hisobiga olib 
borilishidir. 
Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni harorat ta’siridagi inaktivatsiyasi 
umuman bartaraf qilingan bo‘lib, birvarakayiga eritma bir qancha ballast 
birikmalardan xona haroratida tozalanadi. Ushbu jarayon yuqori bosim ostida 
o‘tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu usulning ham asosiy elementi 
bo‘lib membranalar hisoblanadi. Hozirgi kunda selofanlardan, kauchik, polietilen, 
polistirol, sellyuloza va boshqa bir necha xil materiallardan tayyorlangan 
membranalar ishlatilmoqda. 
Membranalar xususiyatiga ko‘ra 0,05–2 mkm li bir qavatli–izotrop va ikki 
qavatli– anizotrop turlariga bo‘linadi. “Amikon” firmasining (AQSH) “Millipor” 
va “Diaffo” membranalari juda ham mashhurdir va ular har xil sharoitlarga moslab 
ishlab chiqariladi, ya’ni ulardan foydalanish tarmoqlari juda ko‘pdir. 
Ultrafiltratsiya jarayoni ko‘p jihatdan uskunaning tuzilishiga va 
membranalarning texnik xususiyatlariga bog‘liqdir. Hozirgi kunda membranalar 
bir qancha rivojlangan davlatlarda, ya’ni AQSH (Akbor, Dyupon, Dorr–Oliver, 
Amikon, Xavenz), Fransiya (Ramikon, Dedremo) va boshqalarda ishlab 
chiqariladi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling