Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

 
 
 
 


89 
1.8. Fermentlarni mikroorganizmlardan ajratib olish usullari 
REJA: 
1. 
Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi; 
2. 
Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlardan fermentlarni 
ekstratsiya qilish; 
3. 
Vakuum bug‘lantirish usulida ferment eritmalarini quyuqlashtirish; 
4. 
Ferment eritmalarini membranalar yordamida tozalash; 
5. 
Cho‘ktirish usullari va uning nazariyasi. 
Qattiq yoki suyuq oziqa muhitlarida o‘stirilgan mikroorganizmlarning 
kulturasi va ularning kultural suyuqliklari tarkibida juda ko‘p miqdorda ballast 
moddalar bo‘ladi. Fermentlarni ajratish va tozalash – ko‘p mehnat va xarajat talab 
qiluvchi jarayondtr. Agarda ferment preparati mikroorganizm kulturasi 
ko‘rinishida ishlatilsa u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida 
tozalanmagan mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va 
xuddi shunday mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida em – xashak tayyorlashda 
yoki fermalarda emlarni qayta ishlashda qo‘llash mumkin. 
Oziq ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, 
kraxmal va sharbat ekstratsiya qiluvchi) hamda engil sanoat, mo‘yna va 
mikrobiologik sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman 
yoki to‘liq tozalangan, ya’ni faqat toza ferment preparatlari ishlatiladi. 
Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib, 
filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq oziqa muhitda 
o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun 
yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida 
preparatning umumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi ortadi, ya’ni uning 
ulushiy faolligi ortadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling